Gʻiybat

Islomda taʼriflangan salbiy atama

Gʻiybat (arabcha: الغيبة) islomda taʼriflangan salbiy atama. Odatda Islomda katta gunoh sanalib, Qurʼonda oʻlgan birodarning goʻshtini yeyish kabi jirkanch ish bilan qiyoslanadi[1].

Qurʼonda

tahrir

Qur’onda gʻiybat haqida ikki oyat bor. Hujurot surasining 12-oyatida shunday deyiladi:

Ey iymon keltirganlar! Koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Baʼzilaringiz baʼzilaringizni gʻiybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini eyishni yaxshi koʻrurmi? Ha, yomon koʻrasizlar. Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh tavbani koʻp qabul qiluvchi va rahmlidir.

Niso surasining 148-oyatida shunday deyiladi:

Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush koʻrmas. Magar mazlumdan boʻlsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.

Amal qilish doirasi

tahrir

Qayd etilgan ikkinchi oyat va baʼzi ishonchli hadislarga[3] asoslanib, islom huquqshunoslari, jumladan, An-Navaviy oʻzining „Jannat bogʻlari“ kitobida 6 ta holatda gʻiybatchini haq deb eʼlon qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Rafik Berjak (2006), „Backbiting“, The Qur'an: an encyclopedia, Taylor & Francis, ISBN 978-0-415-32639-1