Gulxayridoshlar
(Gʻoʻzadoshlardan yoʻnaltirildi)
Gulxayridoshlar (Malvaceae) — ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub oʻt va butalar oilasi. Barglari panjasimon oʻyma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda koʻp, ipchalari tutash. Urugʻchisi bitta. Mevasi koʻpchiligida koʻsak. Yer yuzida 70 ga yaqin turkumi va 900 turi bor. Koʻp tropik va subtropik rayonlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, bo'ritaroq,gʻoʻza, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 7 turkumi va 27 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Oʻzbekistonda goʻzaning 3 turi yetishtiriladi.
- Jaydari goʻza; ko'saklari mayda, tolasi mallarang,qisqa va dag'al, Vatani Afrika.
- Meksika goʻzasi yoki oddiy g'o'za
- Misr goʻzasi yoki Barbadoss g'o'zasi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |