Gʻoyibxon
Gʻoyibxon, Qayipxon (nomaʼlum – taxminan 1789) – qozoq sultoni, Xiva xoni (1747—1757). 1740-yilda Xiva Eron hukmdori Nodirshoh tomonidan bosib olindi va avvalgi hukmron sulolani hokimiyati tugatildi. Xiva aholisi bir necha bor bosqinchilarga qarshi isyon koʻtardi. 1747-yilda Nodirshoh vafotidan soʻng xivaliklar chingiziylarning anʼanaviy hokimiyatini tikladilar va Kichik Juz qozoqlarining bir qismining rahbari Botir Sultonning oʻgʻli Qayipxonni xon etib koʻtardilar. Qayipxon Xivada 10 yilga yaqin hukmronlik qiladi. Vasiliy Bartoldning yozishicha, Qayipxon 1757-yilda taxt uchun navbatdagi kurash paytida magʻlubiyatga uchrab, Xivadan quvilgan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Gʻoyibxon | |
---|---|
Xiva xoni | |
Mansab davri 1747 – 1757 | |
Oʻtmishdoshi | Abulgʻozi II |
Vorisi | Abdulloh Qoraboy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti | 1789 |
Bolalari | Shergʻozi[1] |
Otasi | Botir sulton |
Dini | Islom |
Manbalar
tahrir- ↑ „Шерғазы Қайыпұлын бiлеміз бе?“. abai.kz.
Adabiyot
tahrir- Kayip // Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya (rus.). – Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2005. – T. III. – ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0)