Gʻozi Rahmon
Gʻozi Rahmon (1947-yil 16-dekabr Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Langar ota qishlogʻi) — oʻzbek adabiyoti yozuvchisi. „El-yurt hurmati“ ordeni sovrindori[1].
Gʻozi Rahmon | |
---|---|
Tavalludi |
16-dekabr 1947-yil |
Vafoti |
2020-yil Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Qarshi davlat universiteti |
Janr | nasr |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirGʻozi Rahmon 1947-yil 16-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Langar ota qishlogʻi ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Adib oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tamomlab, 1968-yilda Qarshi davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. U Orif Ikromov rahbarligida „Badiiy asarda ijodiy partret yaratish va peyzaj mahorati“ mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi olib borgan. U kishi 2020-yil olamdan oʻtgan[2].
Ijodi
tahrirGʻozi Rahmon asarlarida asosan Qashqadaryo vohasining ekologik ahvoli, turli xil jonivor-u parrandalari, oʻsimliklar-u dorivor giyohlari haqida asarlar yozgan. Uning „Insofning chorlov xatlari“, „Chumolilar soʻqmogʻi“, nomli qator kitoblari nashr etilgan. Shundan soʻng „Ovchining koʻz yoshlari“, „Umrzoqgul“, „Hiyla“, „Sir“, „Muni, Tinka va Zinka“, „Shumtayoq“, „Birinchi ov“ nomli hikoyalari bolalarbop tilda yozilganligi bilan ham ajralib turadi. Bu hikoyalarning qahramonlari tabiat sirlariga, jonivorlar olamiga qiziquvchi — maktab oʻquvchilari. Adib baʼzida Qashqadaryo vohasining mashhur baxshi-oqinlari haqida ham qoʻshiqday oʻqiladigan ocherklar[3] yozgan. Gʻozi Rahmonning el oʻrtasida yozuvchi sifatida katta obroʻ topganligining asosiy sababi — uning baland togʻ etaklarida, tabiatga yaqin yashaganligi, faqat koʻzi bilan koʻrganlarini oʻz asarlarida yozganligi.
Asarlarining mazmuni
tahrirMuallifning „Bir tomchi suv“ maqolasini suv qadri haqidagi monologi deyish mumkin: „Tabiat bizga uzoq umr koʻrishimiz uchun koʻp noz-u neʼmatlar bergan. Shular orasida eng qadrlisi bu — suv“. Bu maqolada bir tomchi suvni ham qadrlash, suvdan tejab-tergab foydalanish masalasini koʻtarib chiqadi. Maqolaning „Qishlogʻimiz pistasi“ boʻlimida oʻtin uchun ayovsiz kesib ketilyotgan „Qalqama“ davlat xoʻjaligi hududidagi pistazorlarning ayanchli ahvoli haqida yozilgan. „Pistaning xalq xoʻjaligida oʻrni katta, magʻzida 60-70 foiz yogʻ boʻlib, pishmagan mevasi va bargida tannid moddasi boʻladi. Bargidan qimmatbaho boʻyoq olinadi va u ipak boʻyashda ishlatiladi. Qurgʻoqchilikka chidamli, 300—350 yilgacha yashaydi. Xalqaro bozorda bu oʻsimlik mevasiga talab katta“ — deydi yozuvchi.
Manbalar
tahrir- ↑ "Gʻozi Rahmon haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol" https://sirlar.uz/g-ozi-rahmon-haqida-batafsil-ma-lumotlar-tarjimai-hol/
- ↑ "Ғози Раҳмон (1947-2020) - www.ziyouz.uz" https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/gozi-rahmon/
- ↑ Ocherk — badiiy adabiyotning epik tur janrlaridan biri. Ocherk oʻzining hozirjavobligi, ishonarliligi, haqiqiy hayotda roʻy bergan voqealarni ifodalash, hujjatlarga asoslanganligi bilan ajralib turadi.