Langar — Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan qishloq. Qishloq Eski Langar va Langar Ota nomlari bilan ham mashhur.

Langar

Eski Langar
qishloq
Skyline of Langar
38°59′0″N 66°59′0″E / 38.98333°N 66.98333°E / 38.98333; 66.98333
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Chiroqchi
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5 UTC
Telefon kodi +998 75[1]
Pochta indeks(lar)i 181216[2]
Langar xaritada
Langar
Langar

Oʻxshash nomlar

tahrir

Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va ularga yaqin hududlarda shu nomli hududlar koʻplab topiladi. Qashqadaryo viloyatining oʻzida Yakkabogʻ, Shahrisabz va Qamashi tumanlarida shu nomli qishloqlar boʻlib, ular Katta Langar, Kichik Langar, Eski Langar, Past Langar singari nomlar bilan bir-biridan farqlanadi. Navoiy viloyati Xatirchi tumanida ham ayni shu nomdagi qishloq mavjud[3].

Etimologiyasi

tahrir

Langar soʻzi koʻpgina ziyoratgoh, geografik obyekt nomlarida uchraydi. Masalan, Langarsoy, Langarota, Hazrati Langar singari. Turkiy va eroniy tillarda langar darbozlarning muvozanat choʻpi (xodasi) va kemaning changaksimon metall detali maʼnosida ishlatiladi. Lekin qishloq nomi bu soʻzlarga bogʻliq emas.

Langar soʻzi nafaqat turk va eron balki, grek, lotin, roman-german, boltiq, slavyan, fin, arab va ayrim hind tillarida ham uchraydi.

Tarixshunos A. Z. Rozenfeld tarixiy lugʻatlar asnosida mazkur soʻzning ibodatxona, karvonsaroy, miskinlarga ovqat beriluvchi joy, xonaqoh, goʻrxona, yemxona, bekat, gʻaribxona singari qadimiy maʼnolarini aniqlagan. Langar — ibodatxona, sigʻinadigan joy, musofirlar tunab qoladigan joy maʼnolarida qoʻllangan. Ibodatxona maʼnosida faqat ziyoratgoh nomlaridagina saqlanib qolgan.

Mazkur hududdagi bu nomning saqlanishi esa Hazrati Langar ota ziyoratgohi bilan bogʻliq[4].

Tarixi

tahrir

langar qishlogʻida zardushtiylik dini keng yoyilgan boʻlib, arablar istilosi vaqtida qishloqda islom dini tarqala boshlangan. Qishloqdagi Hazrati Langar ota ziyoratgohi ham avvaliga madrasa sifatida bunyod etilgan. Qishloqda Mulla Abdurahmon ismli shaxs yashagan boʻlib, u koʻplab islomiy kitoblarni qabristonga koʻmgan. Ammo bu kitoblar keyinchalik topilmagan. Langar qishlogʻi yaqinida Munchoqtepa nomli zardushtiylar qabristoni mavjud.

Tarixshunos olim Rustam Sulaymonov izlanishlariga koʻra, bu qishloqda insonlar besh ming yildan buyon yashab kelmoqda. Gadalisoydan topilgan qadimiy artefaklar va hozirgi Langar ota tarix muzeyi eksponatlari miloddan avvalgi asrga tegishli.

Tuzilishi

tahrir

Qishloq hududida Sulton Vois ismli inson ekkan ming yillik chinor mavjud. Xalq orasida, mazkur chinor bir bor yonib soʻng yana qayta oʻsganligi haqida afsonalar mavjud[5].

Qishloq hududidan Langar daryosi (Yamoqli soy) oqib oʻtadi. U avvalari Chashmaob deb nomlangan. Qishloq atrofini Chaqirikalon tizmasi oʻrab turadi[6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „O`zbekiston shaharlarining telefon kodlari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Qashqadaryo viloyatining yangi pochta indekslari:“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Langar qishlog‘i“. uzbekistan.travel. 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 08-2023.
  4. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti — 155-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  5. Qosimova, Nargis. „Langar ota qishlog‘i yodgorliklari“. hurriyat.uz. Hurriyat (2016). Qaraldi: 08-2023.
  6. Barotov, O'lmas. „Langar qishlog‘i ajoyibotlari“. O'zA (2023-yil 27-mart). Qaraldi: 08-2023.