Gʻoziyon raboti madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Gʻoziyon raboti madrasasi — Samarqand madrasasi. Gʻoziyon raboti madrasasi Gʻoziylar darvozasi yonida, ariq yoqasida joylashgan. Dastlab jome masjidi boʻlgan. Odatda harbiylar (gʻoziylar) urushga boorish va kelish paytida shu masjidga namozlarini ado etishgan. Mazkur joyda gʻoziylar qabristoni ham boʻlgan. Komiljon Kattayev tadqiqotlariga koʻra ushbu madrasa Shayxzoda (Poyqabod) darvozasi oldida, hozirgi Dahbed shoh koʻchasida joylashgan va Samarqadning qadimgi namozgohi (al-Musallo) ham uning yaqinida boʻlgan[1]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Uning fikriga koʻra uzoq boʻlmagan yillarda qariyalar „Gʻoziyon masjidi“ nomini eslashlarini yozgan. Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra XIX asr oxiri chogʻida Samarqand masjidlari roʻyxatida bu nom uchramaydi. Gʻoziyon raboti madrasasi Samarqaddagi ilk oliy oʻquv yurtlaridan biridir. Kalom ilmi peshvosi imom Abul Mansur Moturudiy (870—945) va hikmat (falsafa) ilmi bilimdoni Xoja Abul Qosim al-Hakim Samarqandiy (?-953) Gʻoziylar raboti jome masjidi madrasasining mashhur mudarrisi Muhammad ibn Fazl al-Balxiydan taʼlim olgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Samarqanddagi dastlabki oliy dargohlaridan biridir[2].
Madrasa | |
Gʻoziyon raboti madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Meʼmorchiligi
tahrirGʻoziyon raboti madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.