Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich Yoqubov (1950.1.3, Toshkent hozirda 73 yosh-2023) – xonanda, aktyor, Oʻzbekiston (1987) va Qoraqalpogʻiston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973—1974), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1967—1968 va 1974-yildan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, goʻzallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qoʻshiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qoʻshiklari ommaviylashgan: „Zilola“, „Sen oʻzing“, „Qaraysan“, „Oshiqnoma“ va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uygʻur va b.) qoʻshiqlari, shuningdek, „Segoh“, „Dugoh“, Gʻ. Yoqubov ommaviy sahnada. „Guluzorim“, „Feruz“ kabi oʻzbek mumtoz ashulalar oʻrin olgan. 1990-yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qoʻshiqchiligi uslubida ijod etmoqda: „Dilorom“, „Begoyim“, „Qomat“, „Ketolmaysan“, „Elim deb“, „Xush kelding, muborak sarvarim Navroʻz“ va b. Baʼzi qoʻshiqlar kuylarini Yo. oʻzi yaratgan: „Muhabbat“, „Unutilmasin“, „Majnuntol“, „Oʻylasam“, „Sening kulishlaring“, „Parvardigor asrasin“, „Bir qarasam“ va b. „Majnuntol“ gramplastinkasi „Melodiya“ gramyozuv firmasining „Oltin disk“ mukofotiga sazovor boʻlgan (1985). „Doʻstlik“ (1996), „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.[1][2]

Gʻulomiddin Yoqubov
Tavalludi 1-mart 1950-yil
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Filmografiya

tahrir
Yil Film nomi Rol
1998-2003 „Shaytanat“ (Vokal) Gʻulomjon Yoqubov
2014 „Katta hovli“ Gʻulomjon Yoqubov

Manbalar

tahrir