Gʻulomjon Roʻziboyev
Gʻulomjon Roʻziboyev (1917—1999-yil) — Oʻzbekistontonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sozanda va bastakor.[1].
Gʻulomjon Roʻziboyev | |
---|---|
Tavalludi |
1917-yil |
Vafoti | 1999-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Faoliyati
tahrirGʻulomjon Roʻziboyev Andijon viloyati Asaka tumanida xunarmand oilasida tavallud topgan. Asaka tumanida xavaskor xalq teatri asoschilaridan. Gʻulomjon Roʻziboyev kichik sahna asarlarini yaratib xavaskorlar bilan birga turli roʻllarni ijro etgan. 1972-yil Toshkent telvideniyasi orqali namoyish etilgan «Marhabo talantlar» koʻrsatuvida Andijonlik soʻz ustalari va sanʼatkorlar bilan poezda joʻnab boʻrishadi. Hasanboy Sultonov bilan birga turli askiyalar aytishar va yangidan-yangi askiya payrovlar tugʻulardi.Tabassum ustaxonasi radiojurnaliga mos kelgan musiqa tanlovi oʻtkaziladi. Bu tanlovda Gʻulomjon Roʻziboyevning Feruza nomli kuyi hakamlar hayʼati tomonidan bir ovozda qoʻllanadi. Gʻulomjon Roʻziboyevning kuy- qoʻshiqlari 100 dam ortiq askiyalari Respublikasi teleradiokompaniyasining Oltin fondidan saqlanib keladi. Gʻulomjon Roʻziboyev Omon Matjon sheʼrlariga juda koʻplab kuy bastalagan. Sen ketursan Jim-Jim sheʼrlari hamkorlikda yaratilgan. Bu qoʻshiqlar Oʻzbekistontan teleradiokanalida efirga uzatila boshlaydi koʻplab taklif va istaklarga koʻra muxlislar tomonidan takror takror soʻraladi[1].Gʻulomjon Roʻziboyev Shuhrat medali va Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.[2] 18-asrdan boshlab tarqalgan askiya sanʼati hozirgi kunda ommalashib bormoqda. Gʻoyib ota Toshmatov, Joʻraxon Sultanov, Gʻanijon Toshmatov, Gʻulomjon Roʻziboyev, Abdulhay Qozoqov Askiya sanʼatining mohirona ustalari edi[3].
Qoʻshiqlari
tahrir„Onadir bu“, „Taralmoqda soz“, „Gul va men“, „Sanʼat saodatim“, „Andijonim“, „Yoshligim“, „Ustozlar“[1].
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 32-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 32-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.
- ↑ „Nozikfahm zakiylar bahsi tugamaydi, Amir Temur ham payrovga usta boʻlgan, Margʻilonda askiya maktabi ochiladi – yiqilib qolguncha kuldirish sanʼati“ (Oʻzbekcha). https://www.oyina.uz/uz/article/1506. Oyna.uz (2023-yil 31-mart). Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.
- ↑ „PAYROV“. https://uzsmart.uz/encyclopedia/encyclopedia/55212.html. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.