Guliston davlat universiteti —Oliy ta'lim muassasasi.

Guliston universiteti
Xalqaro nomi
Gulistan State University
Asos solingan sanasi 1966-yil
Manzili
Guliston sh. 4 mavze Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Veb-sayti guldu.uz

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Sirdaryo pedagogika instituti (1966-yil asos solingan) negizida Guliston shahrida tashkil etilgan. 1966-yil 17 iyulda Gʻafur Gʻulom nomi berilgan. Universitetda filologiya, fizika-matematika, tarix, pedagokiga, tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qoʻshimcha taʼlim fakultetlari, 23 kafedra, 19 ilmiy va oʻquv laboratoriya, ustaxona, gerbariy, botanika bogʻi, zoologiya, tarix va adabiyot muzeylari, maʼnaviyat xonasi, sport maydoni va zali, til oʻrganish markazi, biznes maktabi, kutubxona (330 mingdan ortiq asar saqlanadi), Xoʻjamushkent oʻquv dala amaliyotlari bazasi, Navbahor oʻquv tajriba uchastkasi mavjud (2001). Universitet qoshida 2 akademik litsey va malaka oshirish instituti, bosmaxona ham bor. Gazeta va jurnallar nashr etadi. Instituternet asosida 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markaz va oʻquv yurtlari bilan aloqa qiladi. Universitet 20 ixtisoslik (oʻzbek filologiyasi, rus filologiyasi, ingliz tili va adabiyoti, qozoq filologiyasi, tarix, davlat huquqi, matematika, amaliy matematika va informatika, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, pedagokiga va boshlangʻich taʼlim uslubi, chizmachilik va tasviriy sanʼat, umumiy texnika va mehnat, qishloq xoʻjaligini mexanizaiyalashtirish, jismoniy madaniyat, iqtisod, agrokimyo va tuproqshunoslik, buxgalteriya hisobi va audit) boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1993-yildan aspirantura faoliyat koʻrsatadi. Universitetda 7 yoʻnalish boʻyicha aspirant, 5 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2001/2002 oʻquv yili universitetda 2664 talaba taʼlim oldi, 200 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan 10 fan doktori va professor, 100 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitet faoliyati A. Parpiyev, A. Kattabekov, U. Oʻljaboyev, A. Quljonov, H. Qarshiboyev, Sh. Niyozov, F. Samadov, R. Mahmudov, V. Rahmonov, A. Pozilov, B. Toʻychiboyev, I. Axmetov, O. Ayupov, N. Mamadiyorov kabi professor-oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitet SOROS, Adenauer, "Ustoz", "Umid", Aksele, Tasis kabi xalqaro jamgʻarmalar bilan hamkorlik qiladi. Universitetda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. 2002-yilgacha universitet 19934 mutaxassis tayyorladi.[1]

Fanlar majmuasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil