Ruderal gʻoʻzalar, gʻoʻzaning ruderal shakllari, gʻoʻzaning yarim yovvoyi shakllari — yovvoyi gʻoʻzadan madaniytropik gʻoʻzaga oʻtgan shakllar; madaniylashtirilgan gʻoʻzaning ikkinchi evolyusion shakli.

Ular gʻoʻzaning ibtidoiy (primitiv) shakllaridan oʻsish joyining oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan. R.gʻ. tolasi yuqori sifatli (koʻpincha oq), barglari va chigitlari yirik boʻlib, odamlar yashaydigan joylarga yaqin yerlarda yarim yovvoyi holda oʻsaveradi. Har bir madaniylashtirilgan gʻoʻza turining oʻziga xos ruderal shakllari mavjud (Meksika gʻoʻzasida nuqtali gʻoʻza kenja turi, afrikaosiyo gʻoʻzasida soxta arboreum kenja turi va hokazo).

Barcha R.gʻ. polimorfizmning maʼlum darajada oʻzgaruvchanligi, tezpisharligi, chigitining tuklanishi, kattakichikligi, bargi hamda koʻsagining shakli va hokazo bilan ajralib turadi. R.gʻ. orasida amaliy seleksiya uchun qimmatli shakllari mavjud, Mas, Meksika gʻoʻzasining Hopi (Xopi) shakli chigitida gossipol moddasi kam yangi gʻoʻza navlarini yaratishda asos boʻlib xizmat qilgan.

Abdumavlon Abdullayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil