Gabardin (frans. gabardine, asl maʼnosi — uzun kamzul) — jun gazlama. Mayin qoʻy junidan toʻqiladi. Arkok va tanda iplarining oʻziga xos (sarja usulida) oʻrilishi tufayli G. sirtida 60—70° kiya yoʻnalgan boʻrtma yoʻl (chivik hosil boʻladi. G. dan bahor va kuzda kiyiladigan mavsumbop yengil paltolar, ayollar kostyumi va harbiy (zobit)lar kiyim-boshi tikiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil