Gaborone
Gaborone — Botsvana davlatining poytaxti. Mamlakatning janubi-sharqida, Mozambik va Janubiy Afrika Respublikasining port shaharlariga boradigan temir yoʻl yonida joylashgan. Aholi soni 134 ming kishini (1990-yillar oʻrtalari) tashkil etadi. Gabrone mamlakatning savdo-sotiq shahri hisoblanadi. Aholisining koʻp qismi qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, aeroport hamda bir nechta universitetlari mavjud.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |