Gabriel Robert Gauthier (talaffuzi: Gabriyel Robert Gauzer) (1984-yil 20-yanvarda tugʻilgan)[1] — amerikalik sobiq professional xokkeychi. Gabe Gauthier hozirda Gʻarbiy Xokkey ligasi vakili „Las Vegas Storm“ xokkey klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Gabe Gauthier „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan NHLda sakkizta oʻyin oʻtkazdi.

Gabriel Gauthier
Tugʻilgan joyi 20-yanvar 1984-yil (1984-01-20) (40 yosh)
Torrance, California,AQSH
Boʻyi 5 ft 9 in (175 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Los Angeles Kings
Augsburger Panther (DEL)
Jamoalardagi faoliyat 2006—2013

Oʻyin faoliyati tahrir

Yoshligida Gabriel  Gauthier 1998-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Los Angeles Junior Kings“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[2].

Gabriel  Gauthier 1999-yildan 2002-yilgacha Britaniya Kolumbiyasi Xokkey Ligasining „Chilliwack Chiefs“ xokkey klubi bilan II darajali oʻsmirlar xokkeyi oʻynagan. Keyin Gabriel  Gauthier Denver universiteti xokkey jamoasi bilan faoliyatini davom ettirgan. Gabriel Gauthier universitet jamoasi safida toʻrt mavsum oʻynagan va ularga 2004—2005-yillarda ketma-ket ikkita NCAA chempionatida gʻolib chiqishga yordam bergan. Shundan soʻng, Gabriel  Gauthier 2006-yilda „Kings“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnoma imzoladi[3]. Gabriel  Gauthier „Kings“ jamoasida, asosan klubning Amerika Xokkey Ligasining (AHL) filiali „Manchester Monarchs“ xokeky klubi safida oʻynagan. Gabriel  Gauthier 2006—2007-yillarda „Kings“ xokkey klubi bilan 5 oʻyinda va 2007—2008-yillarda 3 ta oʻyinda maydonga tushgan[4][5].

2010—2011-yilgi mavsumda Gabriel  Gauthier uchrashuvda jarohat olganidan soʻng, Shimoliy Amerikani tark etdi. Gabriel  Gauthier 2011-yil 15-iyulda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Augsburger Panther“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[6]. 2011—2012-yilgi mavsumda Gabriel  Gauthier klub safida 44 ta bahsda maydonga tushib, atigi 10 ochko toʻpladi.

Shundan soʻng, Gabriel  Gauthier Colorado shtatiga qaytdi va 2012-yil 8-iyulda ECHLning „Colorado Eagles“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1999—2000 Chilliwack Chiefs BCHL 46 21 34 55 24
2000—2001 Chilliwack Chiefs BCHL 45 30 51 81 31
200—2002 Chilliwack Chiefs BCHL 50 37 62 99 67
2002—2003 University of Denver WCHA 41 8 8 16 30
2003—2004 University of Denver WCHA 42 18 25 43 32
2004—2005 University of Denver WCHA 41 23 29 52 44
2005—2006 University of Denver WCHA 38 15 24 39 35
2006—2007 Manchester Monarchs AHL 69 14 28 42 54 16 1 4 5 14
2006—2007 Los Angeles Kings NHL 5 0 0 0 2
2007—2008 Manchester Monarchs AHL 61 23 37 60 43 3 0 0 0 4
2007—2008 Los Angeles Kings NHL 3 0 0 0 0
2008—2009 Manchester Monarchs AHL 69 12 30 42 32
2009—2010 Manchester Monarchs AHL 71 8 27 35 36 16 7 4 11 8
2010—2011 Victoria Salmon Kings ECHL 2 0 0 0 4
2010—2011 Syracuse Crunch AHL 4 0 0 0 0
2011—2012 Augsburger Panther DEL 44 2 8 10 30 2 0 0 0 0
2012—2013 Colorado Eagles ECHL 3 0 1 1 0
2012—2013 Denver Cutthroats CHL 42 12 26 38 26 5 0 1 1 4
NHL jami 8 0 0 0 2

Manbalar tahrir

  1. „Gabe Gauthier player profile“. HockeysFuture.com (2011-yil 4-fevral). Qaraldi: 2011-yil 5-aprel.
  2. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  3. „Kings sign forward Gabe Gauthier“. Los Angeles Kings (2006—2007-12). Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  4. „Gauthier named Monarchs AHL man of the year“. Los Angeles Kings (2007-yil 5-mart). Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
  5. „Gabe Gauthier“. hockeydb.com. Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
  6. „Gabe Gauthier shall be a Panther“ (German). Augsburger Panther (2011-yil 15-iyul). Qaraldi: 2011-yil 23-iyul.
  7. „Colorado Eagles sign former DU captain Gauthier“. Colorado Eagles (2012-yil 8-iyul). 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyul.