Gabriel Agustín Hauche (talaffuzi: Gabriel Augustin Auche) 1986-yil 27-noyabr Buenos-Ayresda tugʻilgan. Argentinalik futbolchi „Avellaneda Racing“ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi.

Gabriel Hauche Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Ism sharifi Gabriel Agustín Hauche
Tugʻilgan 27-noyabr 1986-yil(1986-11-27) (35 yosh)

Buenos-Ayres, Argentina
Fuqaroligi Flag Argentini Argentina
Boʻyi 168 cm
Vazni 71 kg
Pozitsiyasi hujumchi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Argentini Racing
Raqami 7

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Gabriel Agustín Hauche faoliyatini „Temperley“ klubida boshlagan. 2004-yilda u „Deportivo Armenio“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2006-yilda Gabriel Premer-liganing „Argentinos Juniors“ klubiga oʻtdi. 11-avgust kuni „ Nueva Chicago“ga qarshi oʻyinda u Argentina Primer ligasida debyut qildi. 16-sentabr kuni „Lanus“ga qarshi bahsda Gabriel Agustín Hauche „Juniors“ uchun birinchi golini urdi.

2010-yil boshida Gabriel „Avellaneda“dan „Racing“ga koʻchib oʻtdi. 8-fevral kuni „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[1]. Oʻsha oʻyinda Gabriel Agustín Hauche oʻzining klub uchun birinchi golini kiritdi. 2013-yil boshida Gabriel Agustín Hauche Italiyaning „Kyevo“ jamoasiga ijaraga oʻtdi. 28-aprel kuni „Genoa“ga qarshi oʻyinda u A Seriyada debyut qildi[2]. Gabriel bor-yoʻgʻi bitta oʻyinda maydonga tushib, „Racing“ga qaytdi. 2014-yilda Argentina chempionatida gʻolib chiqdi.

2015-yil boshida Gabriel Agustín Hauche Meksikaning „Tijuana“ ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 1,9 million yevroni tashkil qildi. 11-yanvar kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[3]. 31-yanvar kuni „Monarcas Morelia“ga qarshi kechgan bahsda Gabriel Tixuana uchun birinchi gollarini urib, „dubl“ni amalga oshirdi[4]. 2017-yil boshida Gabriel Agustín Hauche „Toluka“ga koʻchib oʻtdi. 8-yanvar kuni „Atlas“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[5]. Bir hafta oʻtgach „America“ga qarshi bahsda Gabriel „Toluka“ uchun birinchi golini urdi[6].

2018-yilning yozida Gabriel Agustín Hauche Kolumbiyaning „Milonarios“ jamoasiga oʻtdi. 23-iyul kuni „Boyacá Chicó“ga qarshi oʻyinda u Mustang kubogida debyut qildi[7]. Oʻsha oʻyinda Gabriel „Milonarios“ safidagi ilk golini urdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

2009-yil 1-oktyabrda Gabriel Agustín Hauche Argentina terma jamoasi safida Ganaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[8]. 21-aprel kuni Ekvador terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gabriel terma jamoa safidagi ilk golini urdi[9].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyinlar Gollar Uzatmalar Oʻyinlar Gollar Uzatmalar Oʻyinlar Gollar Uzatmalar Oʻyinlar Gollar Uzatmalar
CA Temperley  Argentina 2004-05 27 1 - - - - - - - 27 1 0
2005-06 27 8 - - - - - - - 27 8 0
Jami 54 9 0 - - - - - - 54 9 0
Argentinos Juniors

  Argentina

2006-07 36 4 1 - - - - - - 36 4 1
2007-08 34 10 8 - - -. - - - 34 10 8
2008-09 35 7 7 - - - 8 2 1 43 9 8
2009 19 10 4 - - - - - - 19 10 4
2019 10 2 0 9 3 1 4 0 0 23 5 1
2019-20 22 7 2 4 2 1 2 1 0 28 9 3
2020 - - - 11 1 2 - - - 11 1 2
2021 20 2 0 9 1 0 6 2 0 34 5 0
Jami 176 42 22 33 7 4 20 2 1 228 53 27
Racing Club  Argentina 2010 18 3 1 - - - - - - 18 3 1
2010-11 36 10 7 - - - - - - 36 10 7
2011-12 32 3 5 5 0 0 - - - 37 3 5
2012 14 2 1 - - - 2 1 0 16 3 1
2013-14 34 4 2 1 0 0 1 0 0 36 4 2
2014 10 5 3 - - - - - - 10 5 3
2022 10 1 2 12 3 4 2 0 0 24 4 6
Jami 155 29 21 16 3 4 5 1 0 176 32 25
AC ChievoVerona

  Italiya

2013 1 0 0 - - - - - - 1 0 0
Jami 1 0 0 - - - - - - 1 0 0
Club Tijuana

  Meksika

2015 17 5 3 - - - - - - 17 5 3
2015-16 30 3 4 6 2 2 - - - 36 5 6
2016 19 4 5 1 0 0 - - - 20 4 5
Jami 66 12 12 7 2 2 - - - 73 14 14
Deportivo Toluca

  Meksika

2017 20 4 2 3 0 0 - - - 23 4 2
2017-18 14 3 1 6 0 0 - - - 20 3 1
Jami 34 7 3 7 0 0 - - . 41 7 3
Millonarios FC

  Kolumbiya

2018 17 2 - 6 0 - 4 1 - 27 3 -
Jami 17 2 0 6 0 0 4 1 0 27 3 0
Aldosivi

  Argentina

2021 11 5 2 - - - - - - 11 5 2
Jami 11 5 2 0 0 0 0 0 0 11 5 2
Umumiy faoliyatida 513 105 60 69 12 10 29 4 1 612 123 71

Manbalar tahrir

  1. „Расинг VS. Арсенал Саранди 2:4“ (en). soccerway.com (2010-yil 8-fevral). 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  2. „Кьево VS. Дженоа 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-aprel). 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  3. „Пуэбла VS. Тихуана 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-yanvar). 2015-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  4. „Тихуана VS. Монаркас Морелия 4:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-yanvar). 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  5. „Толука VS. Атлас 4:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-yanvar). 2017-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  6. „Толука VS. Америка Мехико 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-yanvar). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  7. „Мильонариос VS. Бояка Чико 2:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 23-iyul). 2018-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
  8. „Аргентина VS. Гана 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 1-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.
  9. „Аргентина VS. Эквадор 2:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 21-aprel). 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-aprel.