Gabriel Lippmann (1845.16.8, Xollerix, Lyuksemburg — 1921.12.7, "Fransiya" paroxodi) — fransuz fizigi, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1886). Yorugʻlik interferensiyasiga asoslangan rangli fotografiya usulini (1891) va integral fotografiya usulini ishlab chiqqan (1908). Yer magnetizmi, mexanika masalalariga bagishlangan juda koʻp ishlar uning nomi bilan bogʻlangan. Elektr-kapillyar hodisasini, mayatnik va kamerton tebranishini, kvarsda pyezoelektrik effekt qaytuvchanligi hodisasini, galvanik elementlar qutblanishini tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1908).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil