Gabriel dos Santos Magalhães (1997-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Premer-liganing "Arsenal" klubida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Gabriel Magalhães
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gabriel dos Santos Magalhães
Tavallud sanasi 19-dekabr 1997-yil
Tavallud joyi San-Paulu, Braziliya
Boʻyi 1.90
Ampluasi markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2016 Avaí
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2017 Avaí (2)
2017–2018 Lill B (0)
2017–2020 Lill (2)
2017–2018 Troyes (ijara) (0)
2018 Dinamo Zagreb (0)
2020- Arsenal (8)
Milliy terma jamoa
2017 Braziliya U-20 (0)
2020-2021 Braziliya U-20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Avaí tahrir

Gabriel Magalhaes San-Pauluning Pirituba tumanida tugʻilgan. 13 yoshida Gabriel oʻz faoliyatini Avaída boshlagan, biroq uy sogʻinchidan qiynalgani tufayli bir hafta oʻtib San-Pauluga qaytgan. Ammo Gabriel oʻz qarorini qayta koʻrib chiqdi va ikki haftadan soʻng Avaíga qaytib keldi, oxir-oqibat 16 yoshida birinchi professional shartnomasini imzolashga erishdi[1]. U 2017-yilda Braziliya A Seriyasiga koʻtarilgan jamoaning bir qismiga aylandi[2].

Lill tahrir

 
Gabriel "Lill" tarkibida (2019)

2017-yilning 31-yanvarida Gabriel Magalhaes Liga 1 aʼzosi “Lill” tarkibiga toʻrt yarim yillik transfer shartnomasi evaziga kelib qoʻshildi. Jamoaga kelganida, Gabriel fransuz tilini mustaqil oʻrganib, koʻp intervyularida fransuzcha gapirdi. "Lill B" jamoasida bir nechta oʻyin oʻtkazganidan soʻng, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Marcelo Bielsa qaroriga koʻra, Liga 1ning boshqa bir jamoasi "Troyes"ga ijaraga berildi[3] va Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" jamoasiga qoʻshilishdan oldin har bir klubning asosiy jamoasi tarkibida atigi bir martadan ligada bahslarida oʻynadi[4]. Gabriel 2018-yilda Lill safiga qaytib, debyut oʻyinini 2019-yilning 10-fevralida quyi ligaga tushib qolish xavfi ostida boʻlgan outsayder jamoa Guingampga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi. U mavsum davomida 14 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2019-yil 14-aprelda Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (5:1) “Lill” safidagi ilk golini urdi[5].

Keyingi mavsumda Gabriel Magalhaes muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi va Jose Fonte bilan birgalikda ajoyib markaziy himoya tandemini hosil qildi. Gabriel "Lill"ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi oltita oʻyinida ham asosiy tarkibda oʻyinni boshlagan[6]. "Lill" bosh murabbiyi Christophe Galtier himoyachining sabr-toqati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

"Men uning katta salohiyatga ega futbolchi ekanligiga aminman, u birinchi imkoniyatdan foydalana olish xususiyatiga ega. Gabriel oʻyinga chanqoq edi, zaxiraga mixlanib qolganida ham oʻz ustida koʻp ishladi. U boshqa yoshlarga oʻrnak boʻladigan futbolchi. Bunday xarakter koʻrsata olish hammaning ham qoʻlidan kelmaydi. Chunki bugungi kunda asosiy jamoaga jalb qilinmasa, oʻz ustida ishlashni toʻxtatib qoʻyadigan futbolchilarni koʻp uchratamiz"[7].

Arsenal tahrir

2020-yil 1-sentyabr kuni “Arsenal” Gabriel Magalhaes bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e’lon qildi[8]. Xabar qilinishicha, braziliyalik futbolchiga qiziqish yuqori boʻlgan, koʻplab klublar Lill tomonidan belgilangan summani toʻlashga tayyor edi[9][10]. Gabriel bonuslardan tashqari 27 million funt sterling evaziga londonliklar safiga qoʻshildi[11].

12-sentyabr kuni, 2020-21-yilgi Premer-liga mavsumining ochilish kuni Gabriel Magalhaes “Arsenal” safida debyut qilib, Craven Cottageda “Fulham”ga qarshi oʻyinda (3:0) ikkinchi golni kiritdi[12]. 2020-yil 19-sentyabrda “Arsenal” “West Ham”ga qarshi oʻyinda (2:1) gʻalaba qozonganidan soʻng, Gabriel “Arsenal”ning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻldi[13]. Oktyabr oyida u "Arsenal"ning bir oy ichida oltita oʻyinidan beshtasida maydonga tushib, yana mazkur sovrinni qoʻlga kiritdi[14]. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Gabrielning dastlabki oʻyinlari haqida yuqori baho bergan:

"U hali yosh boʻlishiga qaramay, Fransiyadan bu yerga erta koʻchib oʻtdi, til bilmasa ham, yangi oʻyin uslubiga moslashishi kerak edi... [lekin] u buni uddaladi. Haqiqatdan ham jamoaga tez moslashib, ajoyib oʻyin namoyish qilmoqda"[15].

Xalqaro maydonda... tahrir

Gabriel Magalhães 2017-yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionatida Braziliyanining 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi sharafini himoya qildi[16][17]. 2020-yil 14-noyabrda u Braziliya U-23 terma jamoasi safida Janubiy Koreya U-23 jamoasi futbolchilariga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[18][19]. 2021-yil 17-iyun kuni 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun qaydnomaga kiritildi, biroq 6-iyul kuni tizzasidan olgan jarohati sabab musobaqani tark etishga majbur boʻldi[20][21].

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

27-avgust 2022-yil holatiga ko'ra[22]
Klub, mavsum va musobaqalar kesimidagi oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Liga Mamlakat chempionati Mamlakat kubogi Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Avaí 2016 B Seriya 21 1 13 1 4 0 1 0 39 2
Lille 2016–17 Liga 1 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2018–19 Liga 1 14 1 2 0 1 0 17 1
2019–20 Liga 1 24 1 1 0 3 0 6 0 34 1
Jami 39 2 3 0 4 0 6 0 52 2
Troyes (ijara) 2017–18 Liga 1 1 0 2 0 1 0 4 0
Dinamo Zagreb (ijara) 2017–18 Prva HNL 1 0 0 0 1 0
Arsenal 2020–21 Premer-liga 23 2 1 0 2 0 6 1 0 0 32 3
2021–22 Premer-liga 35 5 0 0 3 0 38 5
2022–23 Premer-liga 4 1 0 0 0 0 0 0 0 0 4 1
Jami 62 8 1 0 5 0 6 1 0 0 74 9
Karyera boʻyicha jami 124 11 13 1 10 0 10 0 12 1 1 0 170 13

Sovrinlar tahrir

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL: 2017–18[23]
  • Xorvatiya kubogi: 2017–18[24]

Manbalar tahrir

  1. „PROSPECT | Gabriel Magalhães | Get French Football News“. www.getfootballnewsfrance.com. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  2. „Avaí Futebol Clube " Gabriel“ (portugalcha) (25-aprel 2017-yil). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  3. „How Lille's Gabriel became one of Europe's most coveted young centre-backs“ (inglizcha). Unibet. Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  4. „Gabriel dos Santos Magalhães“ (fransuzcha). Lille OSC. 31-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2020-yil.
  5. „Brazil - Gabriel - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. us.soccerway.com. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  6. „Meet the towering Lille defender on his way to Arsenal“ (inglizcha). inews.co.uk (23-avgust 2020-yil). Qaraldi: 24-avgust 2020-yil.
  7. „Gabriel: 5 things on Lille's up-and-coming Brazilian defende“ (inglizcha). Ligue1. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  8. „Gabriel is a Gunner! | Defender joins Arsenal“ (inglizcha). www.arsenal.com. Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  9. „Gabriel Magalhaes set to join Arsenal after £27m fee agreed with Lille“ (inglizcha). Sky Sports. Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  10. „Gabriel Magalhaes to Arsenal: The making of the Brazilian at Avai“. Sky Sports. Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  11. „Gabriel Magalhaes: Arsenal sign Brazilian defender from Lille“ (inglizcha). BBC Sport (1-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  12. Begley, Emlyn. „Fulham 0-3 Arsenal: Gabriel & Willian impress on debut in Gunners win“. BBC Sport (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  13. „Gabriel is our September Player of the Month!“ (inglizcha). www.arsenal.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  14. „Gabriel is our Player of the Month... again!“ (inglizcha). www.arsenal.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  15. „'Gabriel is showing a great mentality'“ (inglizcha). www.arsenal.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  16. „CAMPEONATO SUDAMERICANO SUB-20 - ECUADOR 2017. LISTA DE JUGADORES. País: Brasil“. CONMEBOL. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  17. „Gabriel Magalhaes: Who is Arsenal's new signing? Why is he so highly rated?“ (inglizcha). Sky Sports. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  18. „Confira a lista dos convocados para os jogos da Seleção Olímpica contra Arábia Saudita e Egito“ (pt-BR). Confederação Brasileira de Futebol. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  19. „Brazil - Brazil Under 23 - Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  20. „Seleção Olímpica é convocada para os Jogos Olímpicos de Tóquio 2020“. CBF (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  21. „Gabriel Magalhães sofre lesão e é cortado da seleção olímpica“. Globo Esporte (6-iyul 2021-yil). Qaraldi: 6-iyul 2021-yil.
  22. „Gabriel Magalhães“. Soccerway. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  23. „Ljestvica - Hrvatski Telekom Prva liga“. prvahnl.hr. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  24. „DINAMO - HAJDUK 1:0“. hns-cff.hr. Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.