Gabriyel Arkadyevich Ureklyan (ruscha: Габриэ́ль Арка́дьевич Урекля́н; 15-dekabr 1899-yil; Samarqand 30-iyun 1945-yil Moskva) — sovet arman shoiri, Sovet Ittifoqi madhiyasining muallifi[1].

Gabriyel El-Registan
Tavalludi 15-dekabr 1899-yil
Vafoti 30-iyun 1945-yil
Moskva
Taxallusi El-Registan
Ijod qilgan tillari Rus tili, Arman tili, Oʻzbek tili, Ozarbayjon tili va Tojik tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari
Moskvadagi Novodevichy qabristonida Gabriyel El-Registanning qabri.

Hayoti tahrir

Gabriyel El-Registan Samarqandda arman millatiga mansub bankir oilasida tugʻilgan. U otasi Arshak Ureklyan (Arkadi Ureklyan) bilan birga 1890-yillarda Usmonli imperiyasi taʼqibidan qochib Tbilisiga ketadi, keyinroq Samarqandga koʻchib oʻtgan. 1917-yilgi oktyabr inqilobi va Rossiya fuqarolar urushi davrida bolsheviklar tomonida boʻlgan. Oʻrta Osiyoda turli siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. Yozuvchi va jurnalist sifatida faoliyat yuritayotib, Registondan ilhomlanib „Al-Registan“ taxallusidan foydalangan. Bu davrda u Oʻrta Osiyodagi koʻplab gazetalarda ishlagan. Sovet maʼmuriyati uni isteʼdodli deb topdi va Moskvaga „Izvestiya“ gazetasiga ishlashga taklif etdi. Bu yerda u sovetlar davrida barpo etilayotgan yirik inshootlar va ogʻir sanoat kampaniyalari haqida maqolalar chop etdi. Bu davrda El-Registan kino senariylari va radio pyesalar ham yozgan. 1935-yilda El-Registan „Джульбарс“ filmi uchun ssenariy yozdi.

Natsistlar „Barbarossa“ operatsiyasi doirasida Sovet Ittifoqiga hujum qilganda, Al-Registan urushni yorituvchi maxsus muxbir boʻlib, tez-tez frontga boradi. U yozgan sheʼrlari Iosif Stalin maʼmuriyatining eʼtiborini tortgan va uning yangi yozilgan soʻzlari Sovet Ittifoqi madhiyasida Sergey Mixalkov soʻzlari bilan birga ishlatilgan[2]. 1944-yilda Sovet Ittifoqining madhiyasi rasman qabul qilindi.

Gabriel El-Registanning ikki farzandi boʻlgan. Oʻgʻli Garold va qizi Gayane. Oʻgʻli Garold Registan — shoir. Yozuvchi Moskvada aktrisa Valentina Galaninaga uylangan. 1945-yil 30-iyunda Moskvada vafot etgan. Uning jasadi Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar tahrir

  1. Mixalkov S.V. Stalin gimn odobril (Wayback Machine saytida 2013-01-07 sanasida arxivlangan) // Ogonyok. 2007. № 10.
  2. Bouis, Solomon Volkov. Shostakovich and Stalin: the extraordinary relationship between the great composer and the brutal dictator. New York: H. Holt, 2004. ISBN 9780375410826. 19-martda qaraldi. 

Havolalar tahrir