Gabrovo — Bolgariyadagi shahar. Yantra daryosining ikkala sohilida, Stara-Planina togʻlaridagi Shipka dovoni yaqinida joylashgan. Aholisi 83 ming kishi (1990). Mashinasozlik (toʻqimachilik sanoati uchun mashinalar, radioelektronika) sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik, shu jumladan trikotaj va koʻn poyabzal sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, mebel i. ch. korxonalari, yumor va satira uy-muzeyi bor. Har yili xalqaro yumor festivallari oʻtkaziladi

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil