Gafur (haqiqiy ismi Abdulg‘ofur Isaxonov; 1998-yil 12-martda[2] yoki 8-avgustda[3] Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kinoaktyor va qoʻshiqchi[4].

Abdulg‘ofur Isaxonov
Tavalludi 1998-yil, 8-avgust[1]
Faoliyat yillari 2010—
Turmush oʻrtogʻi yoʻq
Veb-sayti Telegram kanali

Aktyorlik faoliyati

tahrir

12 yoshligida „Soy qo‘shig‘i“ filmida ilk rolini ijro etdi. Aktyor shu tarzda rejissorlar eʼtiboriga tushdi. Shundan keyin bir necha reklama hamda roliklarda chiqdi. Rejissor Zulfiqor Musoqovning „Novda“ filmida oʻynadi. „Elparvar“ filmi suratga olinish jarayonida Isaxanov barcha talablarni kaskadyor yordamisiz amalga oshirdi, lekin roli tanqid ostiga olindi.

Qoʻshiqchilik faoliyati

tahrir

Isaxanov biror musiqiy taʼlim olinadigan joyga bormagan. O‘z ustida mustaqil ishlay boshladi. U Elman Zeynalovni kuzatib bordi. Keyinchalik doimiy aloqa o‘rnatishdi. Abdulg‘ofur TNT kanalidagi musiqiy tanlovda qatnashish uchun Rossiyaga uchib ketdi. Safar davomida RAAVA Music leybli qoʻshiqchilari bilan tanishdi, ammo hamkorlik haqida gaplashishmadi. O‘zbekistonga qaytib, ijodini davom ettirdi.

2019-yil sentabr oyi boshida qisqa muddat ichida yozilgan „Sly Snake“ (tarjimasi „Ayyor ilon“) qo‘shig‘i chiqdi va Raava Music aʼzolari u bilan shartnoma imzolashga qaror qilishdi[3]. Aktyor o‘zining xonandalik faoliyatini shu tariqa boshlab yubordi.

Isaxonovning taʼkidlashicha, RAAVA shunchaki oddiy guruh emas, u yerda mustahkam do‘stlik mavjud. Jamoa chindan ham bir oilaga aylangan. Mashhurlik boshqa, lekin guruhda hamma bir-biriga koʻmak beradi.

2019-yil dekabrda xonanda „Luna“ nomli yangi klipi chiqardi. Klip qisqa vaqt ichida 500 ming marta tomosha qilindi. Abdulg‘ofur u o‘z oilasini sog‘inganligini, shuningdek, uyda osh tayyorlashini ham aytib o‘tgan. U barcha ijtimoiy tarmoqlardan kelgan xabarlar va sharhlarni javobsiz qoldirmaydi.

Shaxsiy hayoti va oilasi

tahrir

3 yoshligida togʻasi pop qiroli Michael Jacksonning albomini sovg‘a qilgan[2]. Shu tufayli sanʼatga qiziqa boshlagan. Jacksonning musiqalarini eshitib, raqsga tushishni mashq qila boshlagan. Yoshligida sanʼatga bo‘lgan eʼtibori kuchayib borayotgan boʻlsa-da, Isaxonovning ota-onasi uni tish shifokori bo‘lishini istashgan. Natijada 3 yil davomida tibbiyot kollejida taʼlim olgan. O‘zi yozgan qo‘shiqni ijro qilganidan keyin oilasining fikri o‘zgardi va shu tarzda sanʼatga kirib keldi[4]. „Sly Snake“ treki maktabdagi ilk sevgisi haqida[3].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film Rol Izoh
2010 „Soy qoʻshigʻi“ Bekzod
2011 „Haqiqat kuni“ Pʻolat
2015 „Novda“ Rashid
2018 „Elparvar“ nabira tarixiy, drama

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

Kliplari
Yil Qoʻshiq Izoh
2019 „Miliy bola“ MASSA bilan duet
2019 „Luna“
2020 „OK“
2020 „MOROZI“ ELMAN bilan duet
2020 „Atom“

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir