Gagaralar
Gagaralar (Gaviiformes) — qushlarning bir turkumi. 5 turi: qiziltomoq gagara (G. stellata), qoratomoq gagara (G. arctica), oqboʻyinli gagara (G. pacifi ca), oq tumshuqli gagara (G. adamsii), qutb gagarasi (G. immer) mavjud. Nisbatan yirik qushlardan. Ogʻirligi 1 kg dan 6,4 kg gacha. Suv muhitida yashashga juda yaxshi moslashgan. Hayotining asosiy qismini suvda oʻtkazadi, koʻpayish uchun quruqlikka chiqadi, ammo yerda yura olmaydi. G. dengiz qushidir. Chuchuk suvli havzalarda migratsiya va urchish davrida uchraydi. G. Shimoliy yarim sharning sovuq va moʻʼtadil mintaqalarida tarqalgan. Koʻpayish davrida Osiyo, Yevropa hamda Shimoliy Amerikaning tundra va oʻrmon zonalarida yashaydi. Koʻpincha 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarni modasi va nari navbat bilan 24—29 kun bosadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalar suvga tushib suzib ketadi. Asosan mayda baliqpar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda qiziltomoq va qoratomoq G. qishlash va uchib oʻtish davrida ahyonahyonda uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |