Gagarin koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Chilonzor va Arnasoy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 0,5 km.

Gagarin koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 0.5 km
Avvalgi nomlari Bulvar koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Yuriy Gagarin

Shaharning janubiy-gʻarbiy hududi kengayishi munosabati bilan 1959-yil tashkil etilgan. 1961-yil 15-aprelda birinchi kosmonavt-uchuvchi Yuriy Gagarin (1934-68) xotirasini abadiylashtirish maqsadida Bulvar koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan[1].

Koʻcha yoʻnalishida bekat, poliklinika, aloqa boʻlimi, jamgʻarma kassasi, goʻzallik saloni, koʻp qavatli turar joy binolari joylashgan. Koʻcha yaqinida „Chilonzor“ savdo markazi, Yuriy Gagarin haykali, Gagarin nomidagi kinoteatr mavjud.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.