Yuriy Alekseyevich Gagarin (ruscha: Ю́рий Алексе́евич Гага́рин;[1] 1934-yil 9-mart1968-yil 27-mart) sovet uchuvchisi va fazogiri boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi.

Yuriy Alekseyevich Gagarin

Fazogir
Asl ismi Юрий Алексеевич Гагарин
Tugʻilishi 9-mart 1934-yil(1934-03-09)
Vafoti 27-mart 1968-yil(1968-03-27)
(34 yoshda)
SSRI, RSFSR, Novosyolovo

Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi Qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi; ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili Mig 15 uchogʻini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi.

Gagarin sharafiga xotira tangalari, pochta markalari zarb etilgan, haykal va monumentlar oʻrnatilgan,[2] uning sharafiga maktab, kinoteatr, topografik joylar nomlangan. Har yili 12-aprelda Kosmonavtika Kuni nishonlanadi. 2011-yili odamzotning ilk parvozini Google ham xotirladi.[3]

Gagarin Yuriy Alekseevich (1934.9.3, Smolensk viloyati, Klushino qishlogʻi — 1968.27.3) — kosmonavt uchuvchi, dunyoda birinchi boʻlib kosmik fazoga parvoz etgan. Qahramon (1961), polkovnik. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini bitirgan (1968). 1961-yil 12-aprelda "Vostok" kosmik kemasida parvoz qilib, 1 soat 48 min .da yer sharini aylanib uchdi. Kosmonavtlar ekipajlarini oʻqitish va mashq qildirishda qatnashdi. Samolyotda mashq qilayotgan vaqtida falokat yuz berib halok boʻldi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi qarori bilan 1968-yilda Yuriy Alekseevich Gagarin nomidagi oltin medal taʼsis etildi. Jahondagi koʻp shaharlarda G. nomi abadiylashtirilgan. Jumladan Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida shahar uning nomiga qoʻyilgan; Toshkent sh.da haykali oʻrnatilgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga G.nomi berilgan.

ManbalarTahrirlash

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash