Galaktik koordinatalar - osmon gumbazida galaktik uzunlik / va galaktik kenglik b dan iborat koordinatalar tizimi. Somon yoʻli oʻrtasidan ekvator bilan t=62° burchak tashkil qilib oʻtuvchi tekislikka nisbatan yoritqichlarning vaziyatini bildiradi. Tekislik osmon gumbazi bilan kesishib, galaktik akvatorii hosil kiladi. Chiqish tugunining toʻgʻri chiqishi 280°; Galaktika qutbining ekvatorial koordinatalari A=12h49m, .D=+27,4; / — chiqish tugunidan soat mili harakatiga teskari yoʻnalishda hisoblanadigan hamda yoritqich va Galaktika qutbidan oʻtuvchi katta doiragacha boʻlgan masofa, — yoritqichning galaktik ekvatordan balandligi. G.k.ning son qiymatlari kuzatish davriga bogʻliq emas. G.k. yulduzlar astronomiyasida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil