Galdan, Galdan-Boshoqtuxon (1645—1697) — Oyrat xonligi hukmdori (1670-yildan) Botur Xuntoyjining oʻgʻli. Markazlashtirilgan Oyrat xonligidagi hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizgan, 1640-yil dagi Mongol — oyrat qonunlarini toʻlgʻizgan. 1672-yildan Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlar olib borgan. G. 17-asrning 70—80-y.larida Sharqiy Turkistondagi xonliklarni oʻziga tobe etgan. 1688-yil Xalxa (Shim. Mongoliya) hokimlari bilan boʻlgan urushda gʻalaba qozongan. 1690-yildan Oyrat xonligini bosib olmoqchi boʻlgan Manjurlar imperatori Kansiga qarshi urush olib borgan. Kansi qoʻshinidan yengilgach, zahar ichgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil