Galereyali uy — koʻp qavatli turar joy binolarining old devorlari urniga qurilgan bir tomoni ochiq galereya (peshayvon)li bino, xonalarga asosan bir tomon (peshayvon)dan kirilgan, zinapoya va lift bilan oʻzaro bogʻlangan. G. u.dagi peshayvon toʻsigʻida rangli, turli shakldagi panjara (quyosh nurini toʻsadigan qurilma)lardan foydalanilib, binoning meʼmoriy shakli boyitilgan (Buxorodagi Ipakchilik fabrikasining ishchilar yotoqxonasi, 1948; meʼmor M. Bulatov, Navoiydagi koʻp qavatli G. u., 1965; meʼmor I. Orlov va b.).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil