Tosh tuzi

(Galitdan yoʻnaltirildi)

Tosh tuzi, galit, osh tuzi — 1) galit minerali, kimyoviy tarkibi NaCl (Na39,3%, Cl 60,7%). Kub singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli kattalikdagi donador kristall agregatlar shaklida uchraydi. Sof holda rangeiz va tiniq, lekin koʻpincha gil, organik moddalar, temir oksidi va boshqalar bilan aralashmasi kulrang , jigarrang , kizil, pushti. Shishadek yaltiroq, qattikligi 2, zichligi 2,2 g/sm3. Suvda oson eriydi; 2) choʻkindi togʻ j iney, asosan, (99 %) galitdan iborat. Suvda eriydigan boshqa tuzlar kabi, Tosh tuzining asosiy massasi arid zonalarining havzalarida ekzogen jarayonlar mobaynida hosil boʻladi. Tosh tuzi, ayniqsa, shoʻr koʻllar tubida koʻp boʻladi. Tosh tuzi choʻkindi togʻ jinslari orasida katta qalinlikdagi qatlamlar koʻrinishida boʻlib, oʻnlab km² ga tarqaladi, boshqa jinslarda qatlamchalar, linzalar, uyachalar, xolxol donachalar hosil qiladi. Tosh tuzi qatlamlari barcha geologik davr yotqiziklarida uchraydi. Eng yirik yotkiziqlari kembriy, devon, perm va neogen qatlamlarida joylashgan. Yirik konlari Belorussiya, Ukraina, Kaspiy boʻyi botigʻi va unga tutashgan Boshqirdiston hamda OrenburgOktoʻba tuz havzalarida mavjud. Oʻzbekiston va unga tutashgan hududlarda keng tarqalgan boʻlib, Boybichekan, Oqbosh, Tubegatan, Xoʻjaikon va Qoʻrgʻoshinkonda topilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Tosh tuzi" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil