Galle — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerida. Zaale daryosi boʻyida. Aholisi 303 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni, daryo porti. Kime sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik rivojlangan, yirik vagonsozlik zavodi bor. Oziq-ovqat, kimyo-farmatsevtika va yogochsozlik korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan kumir va tosh tuzi qazib chiqariladi. Mamlakatning kitob nashr qiluvchi markazlaridan biri. Tabiiy fanlar akademiyasi (1652), universitet (1694), ikkita ilmiy tadqiqot instituti, ped. instituti, teatrlar, hayvonot bogʻi, muzeylar bor. 14— 16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil