Bosh menuni ochish

Galliya — tarixiy viloyat. Po daryosi bilan Alp togʻlari oraligʻi (Sizalpin G.si) hamda Alp togʻlari, Oʻrta dengiz, Pirenei ya. o., Atlantika okeani oraligʻi (Transalp G.si)da joylashgan. Mil. av. 6-asrdan keltlar (rimliklar ularga gallar deb nom bergan) kelib oʻrnashgan. Mil. av. taxminan 220 y. Sizalpin G.si hududi Rimga tobe qilinib uning provinsiyasiga aylantirilgan. Mil. av. 58—51 y.larda Transalp G.si hududi Yuliy Sezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provinsiyasi (Narbonna G.si, Lugdun G.si, Akvitaniya va Belgika) ga boʻlingan. Mil. 5-asr boshidan G. hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va 5-asr oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil