Gallovey qoramol zoti - asosan goʻshti uchun boqiladigan zotlardan. 19-asrda Shotlandiyaning janubi-sharqida iqlimi nam va sovuq, qishda yogʻingarchilik kam boʻladigan togʻli Gallouey hududida chiqarilgan. Britaniya o.laridagi eng qad. zotlardan biri. Gavdasi mutanosib; boʻyni yoʻgʻon, koʻkragi keng , sagʻrisi tekis, beli qisqa, oyoqlari kalta, tuyogʻi keng va qattiq. Rangi asosan, qora, lekin kuragidan beligacha olasi boʻlgan sargʻimtir ranglilari ham uchraydi. Buqalarning tirik vazni 700–800 kg , sigirlariniki 450–500 kg , buzoqlari mayda tugʻiladi, lekin tez usadi. 7—8 oylik buzoqlari 180– 200 kg , gʻunajinlari 18 oyligida 280– 320 kg , shu yoshdagi buqachalari 380– 420 kg gacha boradi. Soʻyilganda goʻsht chiqishi 60—65%. Goʻsht sifati yaxshi. Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Argentina, Braziliyada boqiladi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning togʻli hududlarida boqiladigan zotlarning goʻsht sifatini yaxshilashda foydalanilgan. Zotni oʻrganish Qozogʻiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining Minboyev nomidagi tajriba xoʻjaligida olib boriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil