Galluazit
Galluazit (belgiyalik geolog J. B. Omalius d’Allua nomidan) — gil minerali. Qatlamli silikatlar kenja sinfiga mansub. Kimyoviy formulasi Al4[Si4O10](OH)8-4H2O. Qoʻshimchalari Gʻe+3; Sg3+. Monoklin singoniyali. Odatda oqrangli. Sargʻish, qizgʻish, koʻkimtir xili ham bor. Qattiqligi 1—2,5. Sol. ogʻ. 2—2,6. G. mumsimon va chinnisimon agregatlar. Kristallari choʻziq. Nurash mahsuloti. Gabbro, diabaz va porfir togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻladi. G. Oʻzbekistonda Qurama tizmasida, Markaziy Qizilqumdagi togʻliklarda topilgan. RF (Jan. Ural, Xalilovo), Ukraina (Krivoy Rog), Belgiya, Marokash, Germaniyada uchraydi. Keramika xom ashyosi, mis, rux, nikel konlari darakchisi. Shuningdek katalizatorlar tayyorlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |