Galogen jinslar
Galogen jinslar - xemogen choʻkindi jinslar. Arid iqdimda quriyotgan dengiz havzalarida, lagunalarda va shoʻr suvli koʻllarda toʻyingan eritmalardan galogenez jarayonida kristallanadi. Tabiatda keng tarqalgan choʻkindi jinslarning asosiylaridan hisoblanadi. G. j.ga galitdan tashkil topgan galitli, silvinli hamda karnallitli (karnallit, galit), gipsli (gips), astraxanitli (astraxanit, galit), sodali (tabiiy soda, mirabilit), koʻp mineralli (lanbeynit, kainit, kizerit, silvin, galit, poligalit) jinslar va b. kiradi. G. j. tashqi muhit (ayniqsa, suv) taʼsiridan tez parchalanib eriydi. Perm davrining choʻkindi jinslari tarkibida koʻp uchraydi. G. j. oziq-ovqat, kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |