Gana Ayollar Premier-ligasi
Gana Ayollar Premier-ligasi (GWPL)[1][2][3] ilgari Milliy Ayollar Ligasi (NWL) nomi bilan tanilgan, Ganadagi ayollar futboli uchun eng yuqori divizion ligasi. Gana Ayollar Premier-ligasi 2012-yilda tashkil etilgan[4][5]. Gana Ayollar Premier-ligasining ikki zonasida (janubiy va shimoliy zona) 18 ta klub ishtirok etadi.
Davlat | Gana |
---|---|
Konfederatsiya | CAF |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | Eng oliy darajada |
Tashkil etilgan | 2012-yilda |
Jamoalar soni | 18 ta |
Ichki kuboklar | Gana Ayollar kubogi |
Xalqaro musobaqalar | CAF Ayollar Chempionlik Kubogi |
Amaldagi chempion | Hasaacas Ladies |
Eng koʻp marta chempion | Hasaacas Ladies (4 marta) |
Veb-sayt | Official Website |
Joriy mavsum: 2021—2022-yilgi mavsum Gana Ayollar Premier-ligasi |
Mavsumlar dekabrdan iyulgacha davom etadi, har bir jamoa 16 ta oʻyin oʻtkazadi (oʻz hududidagi barcha 8 ta jamoa bilan uyda va mehmonda oʻynaydi). Aksariyat oʻyinlar shanba va yakshanba kunlari tushdan keyin oʻtkaziladi.
Gana Ayollar Premier-ligasiga bir nechta kompaniyalar homiylik qiladi. Rasmiy sport mahsulotlari homiysi Decathlon GH, fransuz sport tovarlari sotuvchisi Decathlonning Gana filiali va NASCO tashkilotlari shular jumlasidan[6][7].
2021-yilning noyabr oyida Hilari Boateng Gana futbol assotsiatsiyasi tomonidan Ayollar Premier-ligasi qoʻmitasi raisi etib tayinlandi[8].
Tarixi
tahrir2006-yilgacha ayollar futbol ligalari faqat ayrim viloyatlarda faol boʻlgan. 2006-yilda birinchi marta mamlakat chempionati oʻtkazilgan[9].
Hozirgi Gana Ayollar Premier-ligasi formati birinchi marta 2012—2013-yillarda sinovdan oʻtkazilgan. Gana Ayollar Premier-ligasi ikki divizionda oʻtkaziladi. Gana Ayollar Premier-ligasi bosqichidan soʻng ikkala divizion gʻoliblari chempionat finalida toʻqnash kelishadi. Gana Ayollar Premier-ligasi tarixidagi birinchi finalda Hasaacas Ladies jamoasi Akkra Sports Stadiumda Fabulous Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[10]. Futbol jihozlarining katta qismi FIFA tomonidan homiylik asosida beriladi[11].
2012—2013-yilgi taʼsischi jamoalar
tahrirDastlabki mavsumning oʻn ikki jamoasi oltita jamoadan iborat ikkita zona (guruh)ga boʻlingan[12].
Janubiy zona (guruh) | Shimoliy zona (guruh) |
|
|
2020 — hozirgi kungacha
tahrir2021-yilda Gana Futbol Assotsiatsiyasi (GFA) Ijroiya Kengashi Gana Ayollar Premier-ligasini hozirgi formatdagi 16 ta klubdan 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab 18 ta klubga kengaytirishga qaror qildi[13].
Chempionat finallari
tahrirChempion jamoalar va sovrindorlar roʻyxati:
Mavsum | Chempion | Hisob | Ikkinchi oʻrin | Eng yaxshi toʻpurar | Eng yaxshi oʻyinchi | Eng yaxshi darvozabon | Eng namunali oʻyinchi |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2012-2013[14] | Hasaacas Ladies | 2-1 | Fabulous Ladies | Agnes Aduako
(14 ta gol) |
Samira Suleman | hech kimga berilmagn | |
2013-2014[15] | Hasaacas Ladies | 0-0 (asosiy vaqtda)
5-3 (penaltilar seriyasida) |
Fabulous Ladies | Agnes Aduako
(17 ta gol)[16] |
Janet Egyir[16] | Susan Atsem[16] | hech kimga berilmagn |
2014-2015[17] | Hasaacas Ladies | 1-0 | Ampem Darkoa | Samira Suleiman | Janet Egyir[18] | Beatrice Ntiwaa
Nketia[18] |
Princella Adubea[18] |
2015-2016[19] | Ampem Darkoa | 1-0 | Hasaacas Ladies | Princella Adubea[20]
(19 ta gol) |
Grace Asantewaa[20] | Evelyn Yeboah[20] | hech kimga berilmagn |
2017[21] | Ampem Darkoa | 1-0 | Lady Strikers | Princella Adubea
(16 ta gol)[22] |
Priscilla Okyere[22] | Kerrie McCarthy[22] | hech kimga berilmagn |
2018 | Liga oʻyinlari oʻtkazilmagan | ||||||
2019[23] | Hasaacas Ladies | 3-2 | Ampem Darkoa | Pepertual Agyekum
(9 ta gol)[24] |
Grace Asantewaa[24] | Evelyn Yeboah[24] | Constance Serwah
Agyemang[24] |
2019-2020 | Liga oʻyinlar Covid-19 tufayli toʻxtatilgan | ||||||
2020-2021[25] | Hasaacas Ladies | 4-0 | Ampem Darkoa | Ophelia Serwaa
(17 ta gol) |
Constance Serwah
Agyemang[26] |
Grace Banwa[26] | Comfort Yeboah[26] |
2021-2022 | Ampem Darkoa |
Chempion jamoalar
tahrirJamoa | Joylashgan shahar | Chempion boʻlgan mavsumlar | Chempionliklar soni | Oxirgi chempion boʻlgan mavsum |
---|---|---|---|---|
Hasaacas Ladies | Sekondi-Takoradi, Western Region | 2012-2013, 2013-2014, 2014-2015, 2020-2021 | 4 | 2020-2021 |
Ampem Darkoa Ladies | Techiman, Bono East Region | 2015-2016, 2017 | 2 | 2017 |
Homiylik
tahrir2012-yilda tashkil etilganidan beri 2017-yilgacha Gana Ayollar Premier-ligasining asosiy homiysi yoʻq edi va liga ham oddiygina Milliy ayollar ligasi deb atalardi[27]. Biroq, 2018-yilda Groupe Nduom filiali hisoblangan FreshPak tashkiloti Gana Ayollar Premier-ligasining birinchi homiysi sifatida eʼlon qilindi. Kompaniya 2018-yilgi mavsumdan boshlab keyingi ikki mavsumda 500 000 GH ¢ (Gana pul birligida)ga teng miqdorda xarajat qilganini maʼlum qilgan[28][29][30].
Davr | Homiy | Liga nomi |
---|---|---|
2012-2017 | Homiy yoʻq[29] | Milliy ayollar ligasi[29] |
2018-2019 | FreshPak[31] | FreshPak Milliy Ayollar Ligasi[31] |
2019 — hozirgi kungacha | Homiy yoʻq | Gana Ayollar Premier-ligasi |
2020-yil oktabr oyida Gana futbol assotsiatsiyasi 2020-yildan boshlab keyingi toʻrt yil davomida Gana Ayollar Premier-ligasi uchun futbol toʻplari va sport mahsulotlarini yetkazib berish uchun Decathlon fransuz sport tovarlari firmasining Ganadagi filiali Decathlon GH bilan toʻrt yillik homiylik shartnomasini imzoladi[32][33].
OAV yoritilishi
tahrir2020-yil fevral oyida Gana futbol assotsiatsiyasi Gana Premer-ligasining 2019—2020-yilgi mavsumidan boshlab olti yilga StarTimes Television bilan translatsiya huquqi homiylik shartnomasini imzoladi[34]. Bitimning bir qismi sifatida StarTimes birinchi yilda Gana Birinchi ligasi va Gana Ayollar Premer-ligasi oʻyinlarining ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi va yoyilishini qoʻllab-quvvatlash uchun 100 000 dollar ajratdi. Keyingi besh yil davomida Satr Times 50 000 dollar sarflashni rejalashtirmoqda[34].
Shartnoma doirasida StarTimes Sports va Max TV aksiyadorlari 2020—2021-yilgi Gana ayollar Premer-ligasi finalini va 2020—2021-yilgi Gana ayollar kubogi finalini translatsiya qilishdi[35].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Ghana Womenʼs Premier League 2020/21 fixtures released“. Ghana Football Association (21-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „First round of Womenʼs Premier League in numbers“. Ghana Football Association (9-aprel 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Statement on reported pockets of violence at Womenʼs Premier League match venues“. Ghana Football Association (3-mart 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „2016/2017 National Womenʼs League Officially Launched“. Modern Ghana. Ghana News Agency (20-aprel 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „2016/17 National Womenʼs League launched“. GhanaSoccernet (20-aprel 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „GFA signs 4-year partnership agreement with Decathlon as sports retail partner“ (en). Ghana Football Association (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „VIDEO: Ghana FA to get 1,000 balls-a-year after signing Decathlon as official retail partner“. GhanaSoccernet (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „GFA names members of Womenʼs League Committee“. Ghana Football Association (27-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Zonal Womenʼs league launched“. ghanafa.org (22-dekabr 2006-yil). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2014-yil.
- ↑ Kadiri. „Hasaacas Ladies 'do-the-dooʻ against Fabulous Ladies“. Modern Ghana (7-aprel 2013-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „New chapter for womenʼs football in Ghana“. Ghanasoccernet (19-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „New chapter for womenʼs football in Ghana“. Ghanasoccernet (19-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Womenʼs Premier League to expand in 2021/22 season“. Ghana Football Association. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
- ↑ Anaman, Fiifi „History in the making – Hasaacas Ladies become Ghanaʼs first ever National Womenʼs League Champions“. Goal (8-aprel 2013-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Fabulous fail to find their spot as Hasaacas retain title“. ghanafa. Ghana Football Association (1-iyun 2014-yil). 11-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2014-yil.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Fabulous fail to find their spot as Hasaacas retain title“. Ghana Football Association (1-iyun 2014-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „PHOTOS: National Womenʼs Championship final between Hasaacas Ladies and Ampem Darkoah Ladies“. GhanaSoccernet.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 „Hasaacas Ladies defender Janet Agyiri wins 2015 Best Player of the National Womenʼs Championship“ (en). GhanaSoccernet (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Ampem Darkoa beat Hasaacas Ladies to win league“. www.pulse.com.gh (4-sentabr 2016-yil).
- ↑ 20,0 20,1 20,2 Laryea, Beatrice „Ampem Darkoa win National Womenʼs League title“. Graphic Online. Graphic Communications Group Limited (5-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Ampem Darkoa beat Lady Strikers 1-0 to retain National Womenʼs League title“ (en). GhanaSoccernet (2017-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ 22,0 22,1 22,2 Quaye, Genevieve Naa Amerley „Ampem Darkoa Ladies Retain NWL Title“. My Ghana Links (11-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Hasaacas Ladies win the Normalization Committeeʼs womenʼs special competition“ (en-US). Happy Ghana (2019-yil 15-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 24,3 Duncan, Jude „Hassacas Ladies wins NC Womenʼs Special Competition“. Citinewsroom. Citi FM (Ghana) (15-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ Association, Ghana Football „Match Report: Hasaacas Ladies beat Ampem Darkoa to lift Premier League title“ (en). www.ghanafa.org. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 26,3 „Champions Hasaacas Ladies win two NASCO Womenʼs Premier League awards“ (en). GhanaSoccernet (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
- ↑ Dzakah. „A dawn of new light: Ghana Womenʼs football league secures long-awaited sponsorship“. AIPS Media. International Sports Press Association (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „FreshPak sponsors National Womenʼs League“. Ghana Football Association (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 Dzakah. „A dawn of new light: Ghana Womenʼs football league secures long-awaited sponsorship“. AIPS Media. International Sports Press Association (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ Koranteng. „2017/2018 Freshpak National Womenʼs League launched“. CitiNewsroom. Citi FM (Ghana) (4-aprel 2018-yil). Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ 31,0 31,1 „FreshPak sponsors National Womenʼs League“. Ghana Football Association (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ „GFA signs 4-year partnership agreement with Decathlon as sports retail partner“ (en). Ghana Football Association (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ Larweh. „GFA signs partnership agreement with Decathlon Ghana“. Graphic Online. Graphic Communications Group Limited (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ 34,0 34,1 „GFA announce breakdown of Star Times sponsorship fees“. Ghana Football Association. Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
- ↑ Danquah. „Max TV to telecast Womenʼs Premier League final“. Max TV (25-iyun 2021-yil). 2023-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.