Ganch oʻymakorligi
Ganch oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; amaliy sanʼatning keng tarqalgan sohasi. Ganchga oʻyma naqsh va tasvir ishlashning qulayligi ganch oʻymakorligining rivojlanishiga olib keldi. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, bu undan shakllar oʻyish, yasash imkonini beradi, lekin qotgandan soʻng u toshga oʻxshab qoladi. G.oʻ.da naqshlar maxsus metall keskichlar vositasida tekis (2– 3 mm) va chuqur (2—3 sm) oʻyib solinadi, oʻyilgan naqsh yuzi rangli va rangsiz gulganch bilan pardozlanadi. Pardoz turlaridan chok pardoz, pax pardoz, loʻla pardoz, shabaqa pardozlar keng qoʻllanadi. Naqsh mujassamotini anʼanaviy oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. Ganch oʻymakorligi jamoat binolari, turar joylarni bezatishda keng qoʻllanadi. Jumladan taxmon, tokcha, javonlar oʻyma naqshlar bilan, ularniig yuqori devor bilan shift tutashgan joylari sharafalar bilan bezatiladi, atroflari ensiz zanjira bilan oʻraladi.
Oʻrta Osiyo hududida 1-asrdan ganchga oʻyma naqsh ishlangan. Xorazmdagi Tuproqqalʼa, Buxorodagi hukmdorlar sa-roylari va b. joylardagi arxeologik qazishlar jarayonida ganch oʻymakorligi namunalari topilgan. Kad. qalʼa shaharlar binolari bezagida va ilk oʻrta asrlar yodgorliklarida oʻyib, boʻyab, boʻrttirib tasvirlar ishlangan (Varaxsha, Panjakent, Afrosiyob va b.), terrakota (sopol) haykalchalar topilgan. Islom dini kirib kelishi bilan mahobatli binolar (saroy, Madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va b.) bezagida tasvirlar oʻrnini oʻyma girih va islimiy naqshlar egalladi. Oʻzbekistonda saqlangan meʼmoriy yodgorliklar qadimda naqsh sanʼati yuksak darajada rivojlanganligi, ustalar handasani puxta oʻrganib, ganch oʻymakorligi sanʼatini yaxshi egallaganliklarini koʻrsatadi. Termiz shohlar saroyi (12-asr) dagi ganch oʻymakorligi namunalari qolipaki usulida tayyorlanib, soʻng devorga mustahkamlangan, 12—13-asrlarda Xorazmda muqarnas sanʼati rivojtopgan. 14—15-asrlarda mahobatli binolar bezaklarida sirkor gʻisht, koshindan koʻp foydalanilgan boʻlsa ham, ularga ganchdan muqarnas, sharafalar koʻp ishlangan, naqshlar jozibasi hozir ham diqqatni tortadi (mas, Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasi). 17 — 19-asrlarga mansub binolar: Samarqanddagi Registon ansambli, Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi, Xivadagi Pahlavon Maxmud maqbarasi, Toshhovli saroyi, umuman Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm meʼmoriy yodgorliklaridagi ganch oʻymakorligi namunalari bu davrlarda shu joylarda ganch oʻymakorligining oʻziga xos uslublari, mustaqil maktablari shakllanganligini koʻrsatadi. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Samarqanddagi Kalontarov uyi, Toshkentdagi Polovsev uyi (hoz. Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi binosi), Xivadagi Nurullaboy saroyi, Qoʻqondagi Xudoyorxon oʻrdasi, koʻp sonli shaxeiy uylar bezaklari shundan dalolat beradi.
Ganch oʻymakorligi kasbi "ustoz-shogird" usulida avloddan avlodga oʻtgan! 20-asr 60-yillaridan ganch oʻymakorligidan badiiy bilim yurtlarida, badiiy korxonalar qoshida, havaskorlik toʻgaraklarida taʼlim beriladi. Respublika rassomlik kollejida badiiy ganch oʻymakorligi boʻlimi ochilgan (1994). Oʻzbekistan shahar va qishloqparida bunyod etilgan aksariyat jamoat binolari xalq ustalari ishtirokida bezatildi: Muqimiy teatrining hozirgi binosi (1943), Navoiy teatri binosi (1947) va b. binolar. Navoiy teatri binosi respublikada mavjud ganch oʻymakorligi uslublarini hisobga olgan hodda foyelarni bir necha zalga ajratib, har bir zal maxsus uslubda bezatildi: Buxoro zali (Us t a Shirin Murodov), Toshkent zali (T. Arsloshulov), Samarqand zali (Us t a Kuli Jalilov), Xiva zali (A. Boltayev). 20-asrning 2-yarmida bunyod qilingan binolar: Oʻzbekistan xalqlari tarixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi saroyi, Turkiston saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi va b. ganch oʻymakorligi bilan bezatildi.
Xalq ustalari ganch oʻymakorligi sohasidagi milliy anʼanalarni davom ettirib rivojlantirmokdalar va zamonaviy mavzular bilan boyitmokdalar.
Surayyo Aliyeva.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |