Gandamak shartnomasi
Gandamak shartnomasi - 1879-yil 26 mayda Kobul yaqinidagi Gandamak qishlogʻida Angliya bilan Afgʻoniston oʻrtasida tuzilgan tinchlik shartnomasi. G. sh.ni Afgʻoniston amiri Yoqubxon bilan Buyuk Britaniya hukumatining vakili Lui Kavanyari imzolagan. G. sh.ga muvofiq, Afgʻoniston tashqi siyosat masalasida mustaqil harakat qilishdan mahrum boʻldi; hukumatning ichki siyosatini Britaniyaning Afgʻonistondagi elchisi belgilaydigan boʻlib qoldi. Bundan tashqari Qandahor shahri, Qurram, Sibi, Pishin viloyatlari ingliz hukmronligi ostiga oʻtdi. Xaybar va Michin dovonlarida inglizlar nazorati oʻrnatildi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |