Gandizm
Gandizm — ijtimoiysiyosiy, diniy-falsafiy taʼlimot. M. K. Gandi tomonidan ishlab chiqilgan va hind milliy ozodlik harakatining mafkurasiga aylangan. G. ga^sh/duiamnazariy asos qilib olingan. Kelib chiqishi qad. hind anʼanalariga borib taqaladi. Ijtimoiysiyosiy masalalarni hal qilishda diniy axloq nuktai nazaridan yondashish bu taʼlimotga xos xususiyat. Yer yuzida "sarvadoyya", yaʼni "umumiy farovonlik jamiyati" qurish gʻoyasini ilgari surgan. Bu maqsadga erishishning usuli — "satyagraxa", yaʼni "kuch ishlatmasdan kurashish"dir. Tarixan shakllangan tartibotlar hamda urfodatlarni saqlab qolish zarur, ularni kuch ishlatmasdan asta-sekin yangi mazmun bilan toʻldirib, qayta qurish kerak. G. jamiyatdagi tengsizlikni rad etadi, kastachilikka qarshi chiqadi. Hindiston mustaqillikka erishganidan (1947) va M. Gandining fojiali oʻlimidan (1948) keyin G. milliy ozodlik kurashi mafkurasi sifatidagi mavqeini yoʻqotdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Hindistonda ijtimoiy fikrlar, T., 1973; Djavaharlal Neru, Vzglyad na vsemirnuyu istoriyu, t. 3, M., 1975.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |