Ganja-qorabogʻ
Ganja-qorabogʻ, Ganjiy Qorabox (joy nomidan) — ikki qismdan iborat xorazmcha (raqsbop) lirik qoʻshiq. Birinchi qismi 3/4 oʻlchovidagi vazminroq doyra usulida, ikkinchi qismi esa undan jonliroq 6/8 oʻlchovidagi xafif usulida ijro etiladi. Lapar yoʻlidagi G.-Q.ning cholgʻu va ashula yoʻllari, ayniqsa Tamaraxonim ijrosida mashhur boʻlgan. Bularni kompozitor M. Burhonov yaxlit asar tarzida "Goʻzal qizga" nomi bilan joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan. "Lazgi", "Aytsammi, yo aytmasam", "Qurbon oʻlam" ashulalari qatori Xorazm vohasi musiqa uslubi Kavkaz xalqpari (Ozarbayjon, Dogʻiston) musiqasi bilan oʻzaro yaqinligini va ijodiy taʼsirini ifodalaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |