Ganza (qad. nem. Hanse — ittifoq) — Lyubek sh. boshchiligida shim. nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi (14—16-asrlar; rasman 1669-yilga-cha). G.ning gullab yashnagan davri (14-asr ning 2-yarmi — 15-asrning boshlari) da bu ittifoqqa 100 tacha shahar. jumladan Revel (Tallin), Derpt (Tartu), Riga kirgan. Gʻarbiy, Shim. va Sharkiy Yevropa oʻrtasidagi savdoda vositachilik qilib, Shim. Yevropa savdosida gegemon boʻlgan. G. flot va ayrim shaharlarning qoʻshinlaridan iborat oʻzining harbiy kuchlariga ega boʻlgan. G. Yevropaning gʻarbida va markazida toʻqimachilik, kon sanoatini rivojlantirib, Sharkiy Yevropadagi bu sohalarni taraqqiyotiga toʻsqinlik qilgan. 16-asr oʻrtalarida G. oʻz oʻrnini golland, ingliz va fransuz savdogarlariga boʻshatib bergan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil