Gap — doʻst-tengqur, hamkasblar urtasida navbat bilan utkaziladigan ziyofat, mehmondorchilik, suhbatli kechalar. G. ishtirokchilari eng kupi bilan 20—25 yoki eng ozi 6—12 kishidan iborat "bir toʻp", "bir joʻra" bulib uyushadilar, ularning har biri "joʻra", "ulfat" deb nomlanadi. G. Toshkent, Sirdaryo viloyatlari, Fargʻona vodiysida "gap", "navbat", Oʻzbekistonning jan. viloyatlarida "gashtak" (ayrim joylarda "gapi gashtak"), Qashqadaryo viloyatining baʼzi joylarida "xalfana", Xorazm viloyatida "qator ziyofat", "utirishma", "gurung", nomlari bilan ham ataladi. G. majlisi maʼlum kasb egalari, hunarmandlar yoki hammahalla tengqurlar oʻrtasida utkazilgan. Kosiblar, otboqar, aravakash, meshkob, buyoqchi, duradgor va hokazo alohida-alohida toʻplarga uyushgan. Oʻtmishda Oʻrta Osiyoda madaniy hordiq muassasalari boʻlmaganidan G. dam olish va vaktni koʻngilli oʻtkazishning bir turi boʻlgan. G. majlislari yo navbat bilan yoki oʻrtada mablagʻ toʻplab oʻtkazilgan. Oʻrtada mablagʻ toʻplab ziyofat yeyish "toʻkma" deb atalgan va, odatda, kech kuzdan to bahorgacha har kuni oʻtkazilgan. Tukma boy tabaqalar orasida (ChirchiqOhangaron, Fargʻona vodiylari) kuproq tarqalgan edi. G. navbati kelgan jura mehmonxonaga ziyofat masalliqlarini to oʻginigacha olib kelgan. Taomlarni tayyorlash uchun joʻralar orasidan 2—3 kishi oshpazlikka belgilangan. G.da suhbat, oʻyin, ashulalar boʻlib, odobdan tashqari gap-soʻz boʻlmagan. Kecha davomida askiyabozlik, sheʼrxonlik, turli mavzularda shirin suhbatlar oʻtkazilgan. G.da joʻralarning soni bir mavsum uchun oʻzgarmay qolgan. Baʼzi joylarda esa toʻp tarkibi yildan-yilga oʻzgarishsiz davom etgan. Bir toʻpda G. yegan joʻralar har qanday ishda bir-birlariga yordam berganlar, dehqonchilik ishlari, imorat qurish. toʻy, aza, quvonch va musibatda hamkor va hamdard boʻlganlar. G. berish oʻzbek, tojik hamda ularga yaqin joylarda yoki aralash yashovchi qozoq, qirgʻiz va uygʻurlar orasida ham tarqalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil