Gaperon
Gaperon (fransuzcha: Gaperon — oq penitsillin qobiqli yarim yumshoq pishloq. Sigir sutidan Fransiyada tayyorlanadi. Auvergne mintaqasining oʻziga xos belgisi, tashrif qogʻozi hisoblanadi.
Tarixi
tahrirGaperon pishloqi 1200-yildan ortiq vaqtdan buyon ishlab chiqariladi. U dastlab ayrondan tayyorlangan boʻlib, keyinchalik qaynatilmagan sigir suti bilan almashtirilgan va pishloq boshlari ochiq havoda yetilgan. Pishloqlar qishloq oshxonalaridagi oʻchoq yaqiniga yoki omborxonalarga osib qoʻyilgan. Oila farovonligi va dehqon qizlarining sepining naqadar koʻpligi oshxonada osilgan pishloqlar soni bilan oʻlchangan[1].
Tayyorlanishi
tahrirGaperon pishlogʻi Auvergne mintaqasidagi bir nechta fermer xoʻjaliklarida qoʻlbola usulda ishlab chiqiladi. Pishloq sigirning qaynatilmagan xom sutidan tayyorlanadi. Pishloq masalligʻi tayyorlangach, unga pushti sarimsoq va qalampir qoʻshiladi. Pishloq 4 haftadan ikki oygacha boʻlgan muddatda yetiladi. Quritish kamarlarga osilgan holda amalga oshiriladi[2][3][4].
Tavsifi
tahrirPishloq boshlari diametri 8-9 santimetrli yassi shar yoki gumbaz shaklida boʻladi. Balandligi 6-9 santimetr va ogʻirligi 300 dan 500 grammgacha keladi. Boshi tabiiy oq mogʻorli, quruq va qattiq qobiq bilan qoplangan. Qobiq ostida sarimsoq va qalampir parchalariga ega zich, qayishqoq va elastik magʻiz mavjud. Uning rangi, mavsumga qarab, fil suyagi rangidan och sariq tusgacha oʻzgarishi mumkin. Pishloq magʻzi kam yogʻlidir[2][3].
Pishloq sarimsoq va qalampir taʼmlari bilan toʻyingan tutunli hidga va mazaga ega. Mahalliy taomlarga qoʻshimcha sifatida, shuningdek, alohida yegulik sifatida ham tanovul qilinadi. Yangi pishgan non va oʻtkir qizil sharoblar, xususan, Rona vodiysi sharoblari bilan yaxshi uygʻunlashadi[2][4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Гаперон (Gaperon)“ (ruscha). «Сыры Франции». 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2017-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Французские сыры: иллюстрированная энциклопедия 2003.
- ↑ 3,0 3,1 Джульет Харбатт 2012.
- ↑ 4,0 4,1 „Гаперон“ (ruscha). «Сыры Франции». 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Картофельные мешочки с сыром Гаперон“ (ruscha). «Сыры Франции». 2017-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2017-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Masui K., Yamada T. Fransuzskie siri : illyustrirovannaya ensiklopediya = [French Cheeses] / Kazuko Masui, Tomoko Yamada; vstup. sl. J. Robyushon; per. s angl.: S. Sapronov; foto Y. Maruyama. — SPb. : Izd. dom „Neva“, 2003. — 240 s. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7.
- Джульет Харбатт. . ISBN 978-5-93679-168-0.