Garashasoy — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Zarafshon daryosi havzasidagi Tusunsoyta quyiluvchi Nakkurshsoshshit chap irmogʻi. Nurota togʻlarining jan. yon bagʻirlari (bal. 1700 m) dagi buloqlardan boshlanuvchi 30 dan ortiq mayda irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. qariyb 30 km, havzasining mayd. 103 km2. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Garashasoy havzasida yogʻin kam, soyning oʻrtacha yillik suv sarfi Mixoyam qishlogʻi yonida 0,2 m3/sek. Yillik oqim hajmining 60—80% fevral—may oylariga toʻgʻri keladi. Qolgan oylarda Garashasoy oʻzani (ayniqsa quyi oqimida) koʻpincha quruq boʻladi. Baʼzan kuchli jala yomgʻirlardan soʻng Garashasoyda sel toshqinlari ham kuzatiladi. Garashasoydan Mixoyam, Garasha va Chaqirchuqur qishloqlari yerlari sugʻoriladi.

Garashasoy
Tavsif
Uzunligi 30
Davlat Oʻzbekiston

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil