Gardeniya (Gardenia) — roʻyandoshlar oilasiga mansub doim yashil butalar turkumi. Barglari yaxlit, etli, yaltiroq, qarama-qarshi joylashgan. Gullari xushboʻy, oq, sargʻish yoki binafsha rang , shoxlarining uchida yoki barg qoʻltigʻida joylashgan. Gultoji karnaysimon, 5—9 boʻlakli. Rezavor meva tugadi. 250 tacha turi bor, asosan tropik zonalarda usadi. Baʼzi tur lari, mas, qatmaqat gulli G. (G. fl orida), sitriodora G. (G. Citriodora) xushboʻy va manzarali oʻsimlik sifatida xonalarda oʻstiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil