Gardiziy Abu Saʼid Abdulxay (11 -asr) — fors tarixchisi. Uning hayoti haqida maʼlumot bizgacha yetib kelmagan. G.ning 1050—52 yillarda yozilgan "Zayn al-axbor" ("Xabarlar ziynati") asarida peshdodiylaryayai boshlab, 1032-yilgacha boʻlgan arab xalifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, 1041-yilgacha bulgan Xuroson tarixi va gʻaznaviylar sultoni Sulton Mahmudning nabirasi Mavdud zamonasigacha boʻlgan voqealar sharhlangan. Asar oxirida musulmon, majusiy, yahudiy, zardushtiy va hind bayramlari, Hindiston va turkiy qabilalar haqidagi boblar ilova qilingan. "Zayn al-axbor"ning tohiriylar, safforiylar, somoniylar va gʻaznaviylar tarixiga oid qismi 1928-yil Nozim tomonidan Tehronda nashr etilgan. "Zayn al-axbor"ning Xuroson tarixiga oid qismi Oʻzbekistonda nashr qilingan (T., 1991).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil