Garnitura, toʻplam (frans. qarniture) — muayyan maqsad uchun moʻljallangan narsalar yigʻiidisi: 1) mebel G.si (garnitur) — vazifasi jihatidan umumiy bir maqsadga qaratilgan (zal, oshxona, yotoqxona yoki kabinetni jihozlash uchun zarur boʻlgan) mebellar majmui; 2) kiyim-kechak G.si — ayollarning ichki yoki ustki kiyimlari toʻplami; 3) shrift G.si — bosmaxonada harf terish uchun zarur materiallar, bunday G. shrifti oʻlchamlari (kegli) har xil boʻlishi mumkin, lekin qiyofasi (toʻgʻri, kursiv va b.) bir xil boʻlishi kerak.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil