Garnizon xizmati - garnizon joylashgan harbiy qism xizmatchilari uchun belgilangan maxsus xizmat. G.x. garnizon boshligʻi tomonidan belgilanib, tegishli harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshiriladi. G.x. garnizon shaxsiy tarkibi orasida harbiy tartib va intizomni taʼminlash, ularning yashashi va jangovar tayyorgarligi uchun qulay sharoit tugʻdirish, garnizon qoʻshinlari qatnashuvi bilan boʻladigan ishlarni (mas, qoʻshinlar paradini oʻtkazish, lozim boʻlgan vaqtlarda faxriy qorovullar tuzish, halok boʻlgan harbiy xizmatchilarni dafn qilish va h.k.) bajarish, shuningdek qoʻshinlarni yongʻinga va tabiiy ofatlarga qarshi kurashga jalb qilish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil