Garonna
Garonna — Fransiyaning jan.gʻarbidagi daryo. Uz. 647 km. Havzasining mayd. 56 ming km2. Pirenei togʻlaridan boshlanib, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga Dordon daryosi bilan birgalikda Jironda estuariysini hosil qilib quyiladi. Daryo yuqori oqimida togʻ daryosi, quyi oqimida tipik tekislik daryosidir. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yomgʻir yoqqanda va togʻlardagi qor eriganda qattiq toshadi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 680 m3/sek. Kanallar sistemasi orqali Oʻrta dengiz bilan bogʻlangan. 190 km masofada (Bordo sh.gacha) okean kemalari qatnaydi. Daryoga suv omborlari, GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi.
Garonna | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 647 km |
Davlat | Ispaniya va Fransiya |
Garonna |
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |