Garyan jangi
Garyan jangi Liviyadagi fuqarolar urushida Qaddafiyga qarshi isyonchi kuchlar va Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar oʻrtasida Nafusa togʻlarining sharqiy chekkasida joylashgan Tripolitaniyaning Garyan shahrini nazorati uchun boʻlgan jang.
Garyan jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Liviya Anti-Qaddafiy kuchlari | Liviya Arab Jumhuriyati kuchlari | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Noma'lum | Noma'lum | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
35 | noma'lum |
Fon
tahrirMamlakat boʻylab keng koʻlamli norozilik namoyishlaridan soʻng, tez orada Liviyada uyushgan muxolifatchilar Nafusa togʻlarining koʻp qismini nazoratga oldi. Garyan ham tez orada isyonchilar tomonidan qoʻlga olindi[1], ammo Qaddafiy Liviyani isyonchilardan qaytarib olish uchun va tezda nazoratni tiklash uchun boʻlinmalarni joʻnatdi. 1-martdan 2-martga oʻtar kechasi Qaddafiynin sodiq qoʻshinlari shaharga qorongʻu paytda kirib kelishdi. 2-mart kuni ertalab isyonchilar shahar hukumat qoʻshinlari tomonidan bosib olinganini tushunishdi. Askarlar muxolifat aʼzolarining roʻyxatini topishgandi. Garyandagi barcha isyonchilarni toʻplashni boshladilar. Garyan hukumat tomonidan qaytarib olindi[2].
Yafran va Kiklada Qaddafiy kuchlari magʻlubiyatga uchragach, isyonchi kuchlar Garyanga qayta hujum qilishga tayyorgarlik koʻra boshladilar. 6-iyulda qoʻzgʻolonchilar Al-Qavalishni egallab, Asabaga yurishdi. Biroq Qaddafiy qoʻshinlarining qarshi hujumi ularni biroz ushlab turdi va Al-Qavalishni vaqtincha Qaddafiyning qoʻlida qoldi.
Jang
tahrir13-avgustda isyonchilar Garyanga yana hujum qilishdi. Aniqlanishicha, isyonchilar dastlab Qaddafiy kuchlarini chekinishga majbur qilishga erishgan, biroq keyinchalik Qaddafiy tarafdorlari qayta toʻplanib, qarshi hujumga oʻtgan[3]. 14-avgust kuni isyonchilar shaharning 70 foizini nazorat qilayotganlarini maʼlum qilishdi[4]. Al-Qavalishdagi Qaddafiyning sodiq qoʻshinlari Garyandan chekinayotganini eshitishgan[5]. 15-avgust kuni isyonchilar shaharni toʻliq nazorat qilayotganliklarini eʼlon qilishdi[6][7]. Nafusa togʻlaridagi isyonchilar harbiy kengashi vakilining taʼkidlashicha, Garyan oʻsha paytda toʻliq inqilobchilar qoʻliga oʻtgan. Ular Gʻarbiy togʻlarda Qaddafiyning asosiy qoʻmondonlik markazi boʻlgan Sahbon brigadasini tor-mor qildilar. Va Brigadaning ogʻir va yengil qurollarini olib ketishdi[8]. .
16- avgust kuni hukumat matbuot kotibi Mussa Ibrohim hukumat qoʻshinlari Garyanni tez orada qaytarib olishini maʼlum qildi va Garyan qoʻlga olingani haqidagi isyonchilarning maʼlumotlarini bilvosita qoʻllab-quvvatladi[9][10]. Reuters Garyan isyonchilar qoʻlida ekanligini tasdiqladi, isyonchi kuchlar T-34 tanki bilan shahar markazida joylashib olishgan edi[11].
17-avgust kuni shaharda janglar davom etayotgani xabar qilindi[12].
18-avgust kuni sodiqlar shaharni butunlay tark etishdi, buni Reuters muxbiri tasdiqladi. Ular shimolga, Aziziyaga chekinishdi. [13] [14]
Oqibat
tahrir15-avgust kuni isyonchilar jangdan soʻng Garyandan janubga koʻchib oʻtishdi va Mizda harbiy bazani egallab, u yerda saqlanadigan Liviya armiyasining kuchli harbiy taʼminotiga ega boʻlishdi[15]. Mizda Garyan, Bani Valid va Sabha yoʻllari oʻrtasidagi strategik chorraha yaqinida joylashgan harbiy baza edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Protests continue in Liberated Gharyan |“. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-mart.
- ↑ Yuboco. „Pro and Anti-Gaddafi groups battle for strategic towns in Libya“. Digital Journal (2011-yil 2-mart). Qaraldi: 2011-yil 25-mart.
- ↑ „Gaddafi defiant as rebels claim gains in west“. Al Jazeera (2011-yil 14-avgust). Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ Al Jazeera Libya Live Blog.
- ↑ Lowe, Christian. „UPDATE 1-Libyan rebels say they attack town south of Tripoli“. Reuters Africa. Reuters (2011-yil 14-avgust). 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ „Qaddafi Defiant As Libyan Rebels Enter Key Towns Near Tripoli“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2011-yil 15-avgust). Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „Fighting rages in Libya amid parley reports“. Radio Netherlands (2011-yil 15-avgust). 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ Georgy, Michael. „Rebels say Tripoli encircled; Gaddafi defiant“. Reuters (2011-yil 15-avgust). 2011-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
- ↑ „Rebels say they are just 50km from Tripoli“. The National. Agence France-Presse (2011-yil 16-avgust). 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ Beatty, Andrew; Bar, Herve. „Victory nigh for rebels?“. iAfrica.com. Agence France-Presse (2011-yil 16-avgust). 2012-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ Laessing, Ulf. „Libya rebels take Garyan, south of Tripoli-witness“. Reuters Africa. Reuters (2011-yil 18-avgust). 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ Fahim, Kareem. „Libyan Rebels Gain Control of Oil Refinery as Qaddafi Forces Flee“. The New York Times (2011-yil 18-avgust). Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ Laessing, Ulf; Bell, Yvonne. „WRAPUP 6-Libyan rebels seize refinery, eye Tripoli“. Reuters UK. Reuters (2011-yil 18-avgust). 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ Valdmanis, Richard. „Rebel pays price in fight for Libyan town“. Reuters Africa. Reuters (2011-yil 18-avgust). 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-noyabr.
- ↑ 16:56 15 August entry at