Gastón Pereiro
Gastón Rodrigo Pereiro López (talaffuzi: Gaston Rodrigo Pereyro Lopes; 1995-yil 11-iyunda Urugvayning Montevideo shahrida tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Cagliari“ futbol klubi va Urugvay terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gastón Rodrigo Pereiro López | ||
Tavallud sanasi | 11-iyun 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Montevideo, Uruguay | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Cagliari | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2008 | Racing Club Montevideo | ||
2008—2013 | Nacional | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2015 | Nacional | 39 | (11) |
2015—2020 | PSV | 118 | (44) |
2020— | Cagliari | 57 | (8) |
Milliy terma jamoa | |||
2012—2015 | Urugvay U20 | 21 | (8) |
2017— | Urugvay | 13 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-avgust uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirGastón Pereiro faoliyatini „Nacional“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 29-yanvar kuni Libertadores kubogi doirasida Boliviyaning „Oriente Petrolero“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Gastón Pereiro jamoa safida debyut qilgan[1]. 1-fevral kuni Montevideoning „Racing“ jamoasiga qarshi bahsda u Urugvay premyer ligasida debyut qilgan[2]. Oʻsha uchrashuvda Gastón Pereiro oʻzining ilk golini urgan. 2015-yil 12-fevral kuni Gastón Pereiro Libertadores kubogi doirasida Chilining „Palestino“ futbol klubiga qarshi o‘yinda gol urgan[3]. Oʻsha yili u Urugvay chempioni boʻlgan.
Xalqaro faoliyati
tahrir2015-yil boshida Gastón Pereiro Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar oʻrtasidagi uy chempionatida ishtirok etgan[4][5]. Turnirda u Chili, Peru, Paragvay, Argentina, ikki marta Kolumbiya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7][8]. Gastón Pereiro beshta gol urgan va yoshlar terma jamoasining bronza medallarini qo‘lga kiritishiga yordam bergan[9][10][11].
Oʻsha yilning yozida Gastón Pereiro Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda Gastón Pereiro Serbiya, Meksika, Mali va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Serblarga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro gol urgan[14][15].
2017-yilning 10-noyabr kuni u asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[16]. 2018-yilning 8-sentyabr kuni Meksika terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gastón Pereiro terma jamoadagi ilk golini urgan.
Statistikasi
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Nacional Urugvay | 2012—2013 | 0 | 0 | - | - | - | - | 0 | 0 |
2013—2014 | 15 | 5 | - | - | 6 | 0 | 21 | 5 | |
2014—2015 | 24 | 6 | - | - | 1 | 1 | 25 | 7 | |
Jami | 39 | 11 | - | - | 7 | 1 | 46 | 12 | |
PSV Eindhoven Niderlandiya | 2015—2016 | 29 | 11 | 4 | 3 | 6 | 0 | 39 | 14 |
2016—2017 | 30 | 10 | 3 | 1 | 5 | 0 | 38 | 11 | |
2017—2018 | 29 | 12 | 4 | 0 | 2 | 0 | 35 | 12 | |
2018—2019 | 27 | 10 | 1 | 0 | 8 | 1 | 36 | 11 | |
2019—2020 | 4 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 8 | 2 | |
Jami | 119 | 45 | 13 | 4 | 24 | 1 | 156 | 50 | |
Cagliari Calcio Italiya | 2019—2020 | 10 | 1 | 0 | 0 | - | - | 10 | 1 |
2020—2021 | 15 | 2 | 1 | 0 | - | - | 16 | 2 | |
2021—2022 | 10 | 0 | 1 | 0 | - | - | 11 | 0 | |
Jami | 35 | 3 | 2 | 0 | - | - | 37 | 3 | |
Umumiy faoliyatida | 193 | 59 | 15 | 4 | 31 | 2 | 239 | 65 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Ориенте Петролеро VS. Насьональ 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 29-yanvar). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Расинг Монтевидео VS. Насьональ 0:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 1-fevral). 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Насьональ VS. Палестино 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-fevral). 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Чили (до 20) 6:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-yanvar). 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Парагвай (до 20) 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 2-fevral). 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Колумбия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 16-yanvar). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 27-yanvar). 2015-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Колумбия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 5-fevral). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Уругвай (до 20) 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-yanvar). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Перу (до 20) 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-yanvar). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Сербия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-may). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
- ↑ „Бразилия (до 20) VS. Уругвай (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyun). 2016-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
- ↑ „Мали (до 20) VS. Уругвай (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-iyun). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
- ↑ „Мексика (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 3-iyun). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
- ↑ „Польша VS. Уругвай 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 10-noyabr). 2017-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.