Gatchasoy
Gatchasoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Gatchasoy Nurota togʻ tizmasining uncha baland bulmagan shimgʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi 8 ta mayda irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 18 km. Quyi qismi Qizilcha qishlogʻidan 5 km shim.gʻarbda qumliklarga singib tugaydi. Gatchasoy havzasida yogʻin kam yogʻadi, shuning uchun oʻzani koʻpincha quruq boʻladi, bahorgi kuchli jala yomgʻirlar paytidagina suvi koʻpayadi.
Gatchasoy | |
---|---|
Gatchasoyning oʻzani quyi oqimda (Qizilcha yaqinda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 18 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |