Gouda (niderlandcha: Goudse — sigir sutidan tayyorlangan qattiq golland pishlogʻi. Yogʻ miqdori — 48-51 % oraligʻida boʻladi. Shakli doira shaklida, oʻrtacha hajmda. Juda zish pishloq turlaridan biri. Yangi tayyor boʻlgan vaqtdagi mazasi yengilroq, vaqt oʻtishi bilan aniq ifodalangan boʻladi.

Tarixi tahrir

Pishloq Niderlandiyaning Gouda shahri sharafiga shunday nomlangan, bu pishloq shaharda bir necha asrlar davomida ishlab chiqarilgan. XIX asrga kelib, bu pishloq butun mamlakat hududida mashhur boʻldi.

Dastlab, gouda pishlogʻining har bir boshi kattagina boʻlib, 12 kilogrammdan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda oʻlcham oʻzgargan va taxminan 4,5 kilogramm ogʻirlikdagi kichik pishloq boshlari tayyorlanadi. Gouda qobigʻi toza, silliq, yoriqlarsiz bir xil sariq rangda boʻlishi kerak. Pishloq ichi butun hajm boʻylab kichik teshiklari boʻlgan ochiq sariq rangga ega.

Gouda — ozgina qaymoq taʼmli yengil pishloq sanaladi. Pishloq qanchalik yetilgan boʻlsa, uning xususiyati oʻzgarib, oʻtkir hidga ega boʻladi va quruqlashadi. Ushbu pishloqning maxsus navi „Gollandiyalik usta“ deb atalib, deyarli bir yilda tayyor boʻladi. Gouda pishlogʻqining uch turi ishlab chiqariladi: ular pishib yetilish vaqtiga qarab farqlanadi: yosh Gouda (Gouda young), oʻrta yoshli Gouda (Gouda mittelalt) va qari Gouda (alter Gouda).

Yillar davomida gouda pishlogʻining koʻplab turli navlari paydo boʻldi. Zirali gauda, turli koʻkatlar qoʻshilgan gauda, xantal va qalampirli gouda shular jumlasidan. Rossiyada ham „Rossiya Gouda“larini ishlab chiqaradi.

Shu bilan birga, „gouda“ soʻzi savdo belgisi hisoblanmaydi. Biroq, „Noord-Hollandse Gouda“ brendi Yevropa Ittifoqida roʻyxatdan oʻtgan va pishloqning Gollandiyada tayyorlanishini tasdiqlaydi[1]. 1997-yildan beri fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladigan va uzoq saqlanadigan gouda pishloqlari burenkaas deb nomlangan alohida navga ajratila boshlandi[2].

Himoyasi tahrir

"Gouda" atamasi golland pishloqlar bilan cheklanmaydi[3]. Biroq, „Boerenkaas“, „Nord-Holland Gouda“ va „Gouda Holland“ Yevropa Ittifoqida himoyalangan geografik koʻrsatkichlar maqomiga ega[4][5] mahsulotlar sifatida roʻyxatga olingan. Bu pishloqlar faqatgina Gollandiyada ishlab chiqarilishi mumkin. Bu, albatta, faqat Gouda shahri joylashgan Janubiy Gollandiya provinsiyalarida ishlab chiqarilishi kerakligini anglatmaydi. Biroq, pishloqni ishlab chiqarishda golland sigirlarining sutidan foydalanish shart[6][7].

Manbalar tahrir

  1. Noord-Hollandse „Noord-Hollandse Gouda“. Agriculture Quality Policy. European Commission. 2008-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-dekabr.
  2. Boerenkaas(nid.)
  3. „Kwaliteit Goudse kaas brokkelt af“ (2012-yil 30-may). 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  4. „"COMMISSION REGULATION (EU) No 1122/2010 of 2 December 2010 - entering a designation in the register of protected designations of origin and protected geographical indications (Gouda Holland (PGI))“ (2010-yil 2-dekabr).
  5. „Selection by sector“. web.archive.org (2008-yil 3-mart). 2008-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  6. „Gouda Holland, Edam Holland to get protected status“ (en). DutchNews.nl (2010-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  7. Landbouw en Innovatie Ministerie van Economische Zaken. „Dutch cheeses Edam Holland and Gouda Holland granted protected status - News item - Government.nl“ (en). www.government.nl (2010-yil 8-oktyabr). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.

Adabiyotlar tahrir

  • Kristian Kallek. „Entsiklopediya“ Pishloq "". M.: „Labirint matbuoti“, 2003-yil