Gaumata (soxta Bardiya) — midiyalik mubod (kohin), axomaniylar podshosi Kambis (Kir II oʻgʻli)ga qarshi chiqqan. U oʻzini Kambis tomonidan yashirin ravishda oʻldirilgan Kirning kenja oʻgʻli — Bardiya deb atab, mil. av. 522 y. taxtni egallab olgan. Doro I rahbarligidagi fitnachilar tomonidan taxtdan agʻdarilib, qatl etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil